Kelişuvga muvofiq, tomonlar qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiradi. Bu esa talabalarga har ikki universitetning diplomini oliş imkonini beradi.

Mazkur kelişuvga Logan universiteti delegatsiyasining 8–18 iyun kunlari Özbekistonga amalga oşirayotgan rasmiy taşrifi doirasida erişildi.

Tadbirda Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi, Migratsiya agentligi hamda ikki oliygoh rahbariyati vakillari iştirok etdi.

Tomonlar akademik hamkorlikni kengaytiriş, talabalar hamda professor-öqituvçilar almaşinuvini rivojlantiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş hamda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etiş masalalarini muhokama qildi.

“Amerika Qöşma Ştatlari oliy öquv yurti bilan uzoq yillik strategik hamkorlikka erişdik. Uşbu memorandumdan söng, Logan universiteti bilan qöşma dastur asosida tahsil olayotgan talabalar öquv yili oxirida ikki oliygoh diplomini qölga kiritiş imkoniga ega böladi”, – deydi Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismoilov.

Hamkorlik ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar, akademik almaşinuv, qöşma naşrlar va yangi loyihalarni qamrab oladi. Qayd etilişiça, Logan universiteti Alfraganus oliygohida AQŞ tajribasiga asoslangan tibbiyot ta’limi dasturlari, xususan, xiropraktika va boşqa soğliqni saqlaş yönalişlarini rivojlantirişni rejalaştirmoqda.

“Uçraşuvda qöşma diplom dasturini ham muhokama qildik. Unga köra, Alfraganus talabalari Sent-Luis şahrida offlayn, Logan universitetida onlayn ta’lim oliş imkoniyatiga ega böladi. Xuddi şunday şaroitlar Logan universiteti talabalari uçun ham yölga qöyiladi”, – deydi Logan universiteti rektori Garret Tompson.

Taşrif doirasida ikki universitetning qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiriş uçun barpo etilgan yangi öquv binosi foydalanişga topşirildi. Alfraganus universiteti ma’lumotiga köra, bino zamonaviy auditoriyalar, amaliy maşğulotlar xonalari, ilğor ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan öquv infratuzilmasini öz içiga oladi.