10 oktyabr kuni Toşkent şahrida YuNeSKOning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Yoşlar kelajagi va ta’limda tadbirkorlik” mavzusidagi öninçi Ta’limda tadbirkorlik YuNESKO-APEID (YuNeSKOning Osiyo va Tinç okeani mintaqasida ta’lim innovatsiyalarini rivojlantiriş tarmoği) Kengaş yiğilişi öz işini boşladi. Uşbu nufuzli anjumanda dunyoning 34 davlati va Özbekistondan 200 dan ortiq ekspertlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, tadbirkorlar va xalqaro taşkilotlar qatnaşdi.
Anjuman Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi Alfraganus universiteti hamkorligida taşkil qilindi. Mazkur universitet 2023 yilning oktyabr oyida Xitoyning Xançjou şahrida bölib ötgan YuNESKO-APEIDʼning 9-uçraşuvida 10-yubiley yiğilişini Toşkentda ötkaziş taklifini ilgari surgan edi. YuNeSKO tadbirkorlik ta’limi tarmoği (EE-Net) doirasida ötkazilayotgan yiğilişda yoşlar örtasida tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş va ularni rivojlantirişga qaratilgan strategiyalar muhokama qilinmoqda. Bu tadbir yoşlar orasida barqaror rivojlaniş, iqtisodiy ösiş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Xalqaro konferensiyani Alfraganus universiteti bilan YuNeSKO hamkorligida ötkazilayotganining asosiy sababi universitetimiz nodavlat OTM bölgani uçun tadbirkorlik sub’yekti hisoblanadi. Bu yerda tahsil olayotgan talabalar bir paytning özida ta’limda tadbirkorlikni örganiş va xalqaro tajribalarni özlaştiriş orqali kelajakda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlaştiriş orqali könikmalarini oşirişadi”, dedi Alfraganus universiteti rektori Muhammadismoil Mahmudov.

Ta’kidlaş joizki, anjuman davomida 34 mamlakatdan taşrif buyurgan mutaxassislar yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş va ta’lim tizimiga tadbirkorlikni integratsiya qilişga doir tajribalar bilan örtoqlaşadi. Şuningdek, tadbir davomida maxsus tadbirkorlik ta’limiga bağişlangan jurnal taqdimoti ham ötkaziladi va anjuman yakunlariga köra, “Toşkent deklaratsiyasi” imzolanişi rejalaştirilgan.

“Yangi Özbekiston Taraqqiyot strategiyasi” doirasida taşkil etilgan uşbu tadbir mamlakatimizda inklyuziv va barqaror tadbirkorlik ekotizimini şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Anjuman BMTning Barqaror Rivojlaniş Maqsadlariga (BRM) erişişda muhim qadam bölib, sifatli ta’lim va iqtisodiy ösişga yönaltirilgan maqsadlar ilgari surildi.

“Özaro hamkorlik ta’limini muhokama qiliş uçun Toşkentga kelayotgan barça öqituvçilarni, global ekspertlarni köriş juda ajoyib. Yoşlarning imkoniyatlarini kengaytiriş bizning kun tartibimiz markazida bölişi lozimligini muhokama qiliş juda muhim masala.

Umid qilamanki, kelgusi kunlarda barçamiz bir-birimizdan örganamiz va nafaqat erişganlarimizga qarab, balki qanday qilib oldinga borişimiz mumkinligini ham muhokama qilamiz. Bu özbekistonlik iştirokçilarimiz uçun ham juda samarali böladi”, deya ta’kidladi YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noşadi.

Anjumanning rasmiy qismlari Toşkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasi hamda Alfraganus universitetida bölib ötadi. Şuningdek, anjuman iştirokçilari uçun 12-13 oktyabr kunlari Samarqand şahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyuştiriladi.
Reklama huquqi asosida










