U avvalroq turli tödalarni jinoyatga qarşi kuraş haqida ogohlantirganini esladi. Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari bu kuraş davom etişini ma’lum qildi. Murojaatida u Qamçi Qölboyev atrofidagi odamlarni tilga oldi. 

«Men kriminal avtoritet qurşovida bölganlarning barçasiga rasman ma’lum qilaman. Kimki qonunni buzişga, noqonuniy xatti-harakatlar qilişga urinsa, qonun doirasida jazolanadi. Qattiq jazolanadi. Agar bitta kriminal boş kötarsa ham, uning boşini kesib taşlaymiz. Men buni oçiq aytyapman. Şuning uçun yana bir bor eslatib ötaman. Agar kriminal avtoritetga yaqin bölgan şaxslardan kimdir qonunni buzişga urinsa, biz uni qonun doirasida qattiq jazoga tortamiz», - dedi Toşiyev. 

Uning qöşimça qilişiça, prezident boşçiligidagi jamoa qat’iy harakat qiladi. 

«Muhtaram Sadir Nurğöjöyeviç boşçiligidagi siyosiy jamoada mamlakatda qonun örnatiş, tartib örnatiş uçun barça siyosiy iroda bor. Biz buni bajaramiz. Kimdir davlat qonunlariga böysunmasa, öz qonunlari, sxema va tartibini işlab çiqsa, ular qonun doirasida jazolanadi», — dedi Toşiyev. 

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tomonidan «qonundagi öğri» Qamçi Qölboyevni qölga oliş böyiça maxsus operatsiya ötkazildi. Maxsus operatsiya davomida u yöq qilindi. Davlat qömitasi Qamça Qölboyevga nisbatan bir qator jinoiy işlar böyiça tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Tekşiruvlardan biri qarama-qarşi jinoiy guruh boşliği, Du-Çingiz laqabli Çingiz Jumagulovning öldirilişi bilan boğliq. 

5 oktyabr kuni kriminal avtoritet Qamçi Qölboyev özining vatani - Çölpon-Otada dafn qilindi.