Qamçibek Taşiyev Qirğizistonni xavfsiz va demokratik mamlakatga aylantiriş boş vazifa ekanini ta’kidlagan.

«Uyuşgan jinoiy guruhlarga qarşi kuraş çoğida xodimlarimiz öz majburiyatlarini bajarişmoqda. Biz budjetga 1 mlrd 200 mln dollar mablağni qaytardik», — degan Taşiyev.

Qirğiziston MXDQ raisi jinoyatçilar in qurgan maskanlar ham aniqlanayotganini qayd etgan. Keçaning özida Qamçi Qölboyevning yana 10 million dollarlik boyligi aniqlangan.

«Masalan, «Ay-Peri» binosi gözallik saloni sifatida taniş, biroq u yerda banditlar öziga klub yasab olişgan. Biz uni davlat hisobiga qaytardik. Toşkömirda ham banditlar hukmronlik qilişgan, uni ham qaytardik. Keçaning özida Qamçi Qölboyevning yana 10 mln dollar mablağini aniqladik. Ular öz ixtiyori bilan mablağni davlatga qaytarişdi. Bungaça 15 mln va 12 mln dollar qaytarişgan edi», — degan Taşiyev.

Taşiyevga köra, katta kompaniyalarda banditlarning uluşi bölgan. Ular öz uluşlaridan voz keçib, pulni davlatga qaytarişmoqda.

«Biz bir tiyinini ham özimizga olmaymiz. Hammasi davlatga topşiriladi. Ya’ni, biz — MXDQdagilar bir sömni ham tasarruf etmaymiz. Biz faqat statistikaga javob beramiz. Xodimlarga buyurilgan: qaytarilgan barça mablağlar budjetga topşiriladi. Bir sömga ham teginilmaydi. Xodimlar şunday topşiriqni bajarişmoqda», — degan Qirğiziston MXDQ rahbari.

Taşiyev uyuşgan jinoyatçilikka qarşi murosasiz kuraş davom ettirilişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Jyengo laqabli kriminal avtoritet Qodir Dösönov öğri mafkurasidan tongan bölsa ham, «öz jinoyatlarini davom ettirmoqda».

«Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş yanada keskinlaşadi. Men Jyengoni olib taşladim. U öğrilik faoliyatidan voz keçişini aytgan edi, lekin aslida yiğiştirgani yöq. U faqat ekranda voz keçdim, dedi. Hayotda eski işlarini davom ettirmoqda. Lekin men uning uyuşgan jinoiy guruh rahbari bölişiga yöl qöymayman. Men bu kunlar kelişiga ikki yil tayyorgarlik kördim», — degan Taşiyev.

Qirğiziston MXDQ rahbari uyuşgan jinoiy guruh bilan aloqador har qanday insonni mansabidan olib taşlaşni