2023 yilning 18-19 noyabr kunlari Özbekistonda III «Zakovat-Gambit» şaxmat çempionati bölib ötadi.

Turnir sovrin jamğarmasi 600 million sömni taşkil etadi.

«Zakovat-Gambit» turnirida faqat Özbekiston fuqarolari iştirok etişi mumkin.

Çempionatda qatnaşiş uçun gambit.zakovat.tv veb-saytida röyxatdan ötiş lozim. Röyxatdan ötişda iştirokçilar öz reytingini hisobga olişi va tegişli guruhda röyxatdan ötişi kerak.

«Hurmatli, şaxmat ixlosmandlari! Uşbu yirik şaxmat musobaqasi iştirokçisiga aylaning va nafaqat öz kuçingizni sinaş, balki professionallardan master-klass oliş hamda xalqaro grossmeysterlar bilan şaxmat seanslarida bellaşiş imkoniyatini qölga kiriting!» - deyiladi «Zakovat» klubi xabarida.