Jamoa a’zolari (suratda chapdan o‘ngga):

Orif Tolipov - sport sharhlovchisi;

Sitora Farmonova - boshlovchi va aktrisa;

Bobur Yoqubov - shifokor (jamoa sardori);

Eldar Asanov - filolog;

Nurbek Alimov - xalqaro munosabatlar eksperti;

Shahnoza Soatova - Adliya vazirligi xodimi.

 

O‘yinni suratga olish jarayonidan lavhalar

Bobur Yoqubov jamoasi 2023 yilning kuzgi mavsumi birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ma’lum tanaffusdan so‘ng “Zakovat” magistri Bobur Yoqubov o‘yinlarga ishtirokchi sifatida qaytdi. Bu safar mutlaq yangi tarkibdagi jamoa bilan. Jamoadan mashhur jurnalist va blogerlarning o‘rin olgani o‘yinga bo‘lgan qiziqishni bir necha barobarga kuchaytirishi turgan gap.

1-raund savoli rivojlangan davlatlardagi supermarketlarda ikki xil plitkalar polga terilishi, narxi baland tovarlar bilan savdo qiluvchi bo‘limlarda nega kichik plitkalar polga urilishi haqidagi savol o‘ynaldi. Jamoa ilk savolda muvaffaqiyatli harakat qilib, raundni o‘z foydasiga hal qildi – 1:0.

2-raundda tabiatshunoslar Markaziy Osiyodagi bir tog‘ni XX asr 70 yillaridan boshlab qanday ikkita so‘zli nom bilan atay boshlagani haqida savol o‘ynaldi. Jamoa muhokama davomida savolning javobiga yetib bora olmadi va hisob tenglashdi. Hisob – 1:1.

Jamoa a’zosi Orif Tolipov

3-raundda Gonkongni Guanjou bilan bog‘lovchi, uzunligi 55 kmli ko‘prikning chegara qismi nega g‘ayrioddiy qilib qurilganining sababi so‘raldi. Ushbu savolda ham jamoa yaxshi harakat qilib, savolning mantig‘iga yetib bora oldi va hisobda oldinga chiqib oldi. Hisob – 2:1.