Turnirda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan bilimdonlar öz bilimlarini sinovdan ötkazişdi.

Turnirning asosiy bahsi — “Zakovat” öyinida 6 ta tur ötkazildi. Yakunda çempionlik Qozoğistonning “Intellekt-ekipaj” jamoasiga nasib qilib, çempionat kubogi hamda 100 million söm pul mukofotiga ega çiqişdi.

Ikkinçi örinni hamda 60 million sömni “ONK” jamoasi öz hisobiga rasmiylaştirib qöydi. Uçinçi örin uçun qöyilgan 40 million sömni esa “Elizabet Perriş” jamoasi “ilib ketdi”.

Yana bir jamoaviy bahs “Brain ring” öyinining final bahsida Qozoğistoning “ONK” jamoasi hamda Özbekistondan iştirok etgan “Misteriya” jamoasi çempionlik uçun kuç sinaşişdi. Yakunda çempionlik “ONK”ga, ikkinçi örin esa vatandoşlarimizga nasib qildi. Ikkita uçinçi örinni Qozoğistonning “Intellekt-ekipaj” va “Brain Art” jamoalari egalladi.

Şuningdek, turnirning “Şaxsiy öyin” yakkalik bahslarida “eng kuçli bilimdon” unvoniga rossiyalik Serafim Şibanov sazovor böldi. Ikkinçi örinini Azat Turgunov va uçinçi örinni Denis Galiakberov egalladi.

“Turnir haqidagi taassurotlar ajoyib! Ayniqsa, bu yerda faqat Qozoğiston va Özbekiston emas, balki boşqa mamlakatlardan ham yoşlar yiğilganidan xursandmiz. Köp yangi tanişuvlar, ajoyib taşkilot va muhit. Asosiy turnirni intiqlik bilan kutamiz va "Zakovat" harakatiga minnatdorçilik bildiramiz!” — deya fikr bildirdi “ONK” jamosi a’zosi Denis Galiakberov.

Ma’lumot örnida aytiş kerakki, 20 avgust kuni Qirğiziston poytaxti yana bir muhim intellektual tadbir — “Zakovat Asian Cup II”ga ham mezbonlik qiladi. Unda özbekistonlik va qirğizistonlik bilimdonlar yana bir bor özaro kuç sinaşadilar.