Ukrainaning Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga berayotgan zarbalariga javob haqida

Putin Kiyevni vaziyatni keskinlashtirishda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina hukumati Rossiyaning fuqarolik korxonalariga zarba berishni boshlab va Rossiya iqtisodiyotini yoʻq qilish maqsadini ochiq eʼlon etib, oʻzi “jinni shishadan chiqarib yuborgan”. U bunga javob berilishini aytdi, “javob olasizlar” deb taʼkidladi va Rossiya Qurolli Kuchlari mamlakat fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlarga javoban Ukrainaning mudofaa-sanoat majmuasi korxonalariga, jumladan, Kiyevdagi korxonalarga ham zarbalarni kuchaytirganini qayd etdi.

Ukrainaga berilayotgan zarbalar haqida

Putinning taʼkidlashicha, Rossiyaning Ukraina hududiga berayotgan zarbalari samarali, oʻz vaqtida amalga oshirilmoqda va rossiyalik harbiylarga frontdagi jangovar vazifalarni hal qilishda yordam bermoqda.

Frontdagi vaziyat haqida

Putin Ukraina Qurolli Kuchlarining zarbalaridan keyin Rossiya bilan qarama-qarshilikda hech qanday burilish yuz bermaganini va Kiyev rejimi bu qarama-qarshilikda hech qachon ustunlikka erisha olmasligini taʼkidladi.

Vaziyatni tartibga solish boʻyicha takliflar haqida

Putinning maʼlum qilishicha, Kiyevdan kelayotgan takliflar koʻpincha “ekzotik” xususiyatga ega va Moskva uchun mutlaqo nomaqbuldir.

Kiyevning maqsadlari va saylovni barbod qilishga urinishlari haqida

Putinning soʻzlariga koʻra, Kiyev Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazishni maqsad qilgan va shu tariqa “Pandora qutisini ochgan”. Shuningdek, Ukraina rossiyaliklarni qoʻrqitishga va Davlat Dumasiga saylovni izdan chiqarishga urinmoqda, biroq Putinning fikricha, bu urinish muvaffaqiyatsizlikka mahkum.