Dunyo xaritasining Yevropa hududida ham kiçik Rossiya bor – Kaliningrad. Albatta, bu viloyat köpçilikka ma’lum. Lekin uning Rossiya tarkibiga kirişida özbeklarning ham hissasi borligi hamda uning bugungi Özbekistondagi hududiy bölinişga öxşaş tomonlari haqidagi ma’lumotlar barça uçun birdek foydali bölişi tabiiy. Kun.uz ötmişning qiziq xotiralari haqida hikoya qiladi.

700 yoşli tarixiy şahar

Kyonigsberg. Germaniya şarqidagi tarixiy va gözal şahar. 20-asrga qadar, özining 700 yillik tarixi mobaynida bir neça şaharlarni öz nomi ostida birlaştirgan Şarqiy Prussiyaning poytaxti Kyonigsbergda bir şahar uçun kerak bölgan barça infratuzilma yildan yilga yaxşilanib borişi ortidan aholisi soni köpayib hatto Germaniyadagi eng birinçi, dunyodagi ilk aeroportlardan biri ham şu yerda qurilgan edi.

“Qasos” opreatsiyasi

Ammo 2-jahon uruşi davriga kelib, Kyonigsberg ham muxoraba öçoqlaridan biriga aylandi. 1944 yil 27-30 avgust kunlari Britaniya harbiy havo kuçlari tomonidan şaharning ommaviy bombardimon qilinişi ortidan höl ham, quruq ham birdek yondi. SSSR ittifoqdoşlaridan biri bölgan Buyuk Britaniyaning Hitler armiyasiga qarşi uyuştirgan uşbu “Qasos” operatsiyasida Kyonigsbergning tinç aholisi ustiga “bombalar yomğiri” yoğdirildi. Natijada uruşdan oldingi 370 minglik şahar aholisidan beş mingga yaqini halok bölib, 200 ming kişi boşpanasiz qoldi. 7 asrlik gözal şahar vayron böldi.

Hisob-kitoblarga köra, Britaniya bombardimonlari Kyonigsbergdagi sanoat obektlarining 20 foizini va aholi uylarining 41 foizini vayronaga aylantirgan.

“Şarqiy Prussiya” operatsiyasi

Bu hali hammasi emasdi. Oradan bir yil ötar ötmas, 1945 yilning 6 aprelida “Şarqiy Prussiya” operatsiyasiga kirişgan sovet qöşinlari faşistlar armiyasiga qarşi hujum uyuştiradi. 3 kunda qölga olingan Kyonigsberg muxorabasida ruslar, ukrainlar va kavkazlik jangçilar qatorida Markaziy Osiyolik askarlar ham bor edi.