TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) Özbekistonda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötdi. Bu haqda Soliq qömitasining ma’lumotlar bazasida keltirib ötilgan. 

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2021 yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga çeklov qöyilgandi. Bunga “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab bölgandi. Unga köra, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlar jisman Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlanişi belgilangan. Bu talabni ayni paytgaça birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani ma’lum emas.

2021 yilning 3 noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham tösiq qöyilgan va bu katta rezonansni keltirib çiqargan edi. Natijada tösiq şu kunning özida olib taşlanib, qator mansabdorlar işdan olingandi.

Ayni paytda Şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestrida faqat TikTok qolgan.