AOKAda 11 oktyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida yölovçilarga xizmat körsatayotgan metro poyezdlarining ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berildi. “Toşkent metropoliteni” DUK boş muhandisi Abdutohir Abduqodirov hozirda poytaxt metropolitenida 64 ta harakat tarkibi, 256 ta vagon mavjudligini ta’kidladi.
Uning qayd etişiça, vagonlarning xizmat qiliş muddati 31 yil deb belgilangan. Vaholanki, vagonlarning 196 tasi, ya’ni 75 foizi 80-89 yillarda işlab çiqarilgan.
Abduqodirovning qöşimça qilişiça, şu yillar davomida jami poyezdlarning 27 tasi modernizatsiya qilingan. Lekin umri uzaytirilgani bilan bu harakat tarkiblaridan foydalaniş muddati ötib bölgan, şunda ham ulardan foydalanib kelinmoqda.
“Şuning uçun bu jarayonda turliça nosozliklar kuzatilib, buning ortidan e’tirozlar yuzaga kelmoqda”, – deydi metropoliten xodimi.
Qöşimça qilinişiça, yangi harakat tarkiblarining 60 tasi yerusti halqa yöli va Çilonzor liniyasida xizmat körsatmoqda. Yilning oxirigaça yana 56 ta xuddi şunday yangi poyezdlarni sotib oliş közda tutilgan. 2024 yilning özida 104 ta vagon olib kelinişi reja qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, 2023 yil söngigaça poytaxt metropoliteniga 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinişi haqida ötgan yili dekabrning oxirida ma’lumot berilgandi. Kun.uz manbalariga köra, ularning birortasi hali keltirilganiça yöq.
Kelişi közda tutilayotgan yangi metro poyezdlari Rossiyaning «Metrovagonmaş» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, unda 250-300 nafar yölovçi bemalol ketişi mumkin böladi. Harakat tarkiblarining soni ortişi bilan intervalning 1,5 daqiqalargaça qisqarişi kutilmoqda.











