Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida «Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Uşbu qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks, 18 ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.
«Soliq kodeksiga tölovga qobiliyatsizlikning soğlomlaştiriş jarayonida joriy soliq tölovlarini tölaşni töxtatib turiş va mazkur tartib-taomil yakunlangaç, soliq qarzlarini olti oy içida teng miqdorda bölib-bölib tölaş, qarzdor yuridik va jismoniy şaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotişdan tuşgan mablağlarning qarzdorlikni tölaşga yönaltirilgan qismini daromad sifatida hisobga olmaslikni nazarda tutiş belgilanmoqda», dedi qömita raisi Şarofiddin Nazarov.
Şuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sud işlarini yuritişga ixtisoslaşuvi böyiça litsenziyaga ega bölgan advokatlar sud boşqaruvçisi sifatida faoliyat yuritiş huquqi berilganligi munosabati bilan «Advokatura töğrisida»gi qonunga ham qöşimça kiritilmoqda.
Qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan takliflar atrofliça körib çiqildi. Loyihaga ular asosida tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, şuningdek, bir qator tahririy tuzatişlar qilindi, — dedi ma’ruzaçi.
Muhokamalardan söng qonun loyihasi qabul qilindi.








