Norvegiya kelişuvlariga 30 yil: falastinliklar va isroilliklar sulh jarayonidan nega voz keçişgan?
|01:05 / 12.10.202357 95415 min
30 yil avval - 1993 yilning 13 sentabrida Oq uy oldida Isroil boş vaziri Işoq Rabin va Falastin ozodlik taşkiloti yetakçisi Yosir Arofat tarixga «Oslo kelişuvi» (yoki Norvegiya kelişuvlari) nomi bilan kirgan ikkitomonlama memorandumni qöl siqib tasdiqlaşgan edi.
Foto: AFPFoto: AFP
Memorandum muzokaralarni imzolaşda iştirok etgan Norvegiya nomi bilan atalgan. Vaşingtondagi marosim şunçaki ramziy ma’noga ega edi, Oslo esa tarixga kirdi.
Asosiy hujjat uç hafta muqaddam Norvegiya poytaxtida Isroil taşqi işlar vaziri Şimon Peres va Falastinning öşa vaqtdagi nufuzli siyosatçisi, keyinroq Falastin milliy ma’muriyati rahbari bölgan Mahmud Abbos tomonidan imzolangandi.
Bitimdan közlangan maqsad Falastin-Isroil mojarosini tartibga solişdan iborat edi.
30 yil ötgaç, maqsadga erişilmadi, deb bemalol aytiş mumkin. Boz ustiga, bu taşabbus Işoq Rabinga qimmatga tuşdi — u keyinroq öng radikal isroillik tomonidan öldiriladi.
Tinçlikka erişiş mutlaqo mumkin emasligiga işonçi komil bölgan isroillik skeptiklar Oslo bitimlarini terrorçilarni jilovlaşga uriniş, deb ataydi va bu vaziyatni yanada oğirlaştiradi.
Falastin tomonidagi skeptiklar esa Isroil va uning ittifoqçilari ozodlik harakatini ogohlikdan çalğitib, vaqtdan yutişni maqsad qilişganini aytişadi.
«Isroilliklar özlarini qanday tutişlaridan muzokaralar yana 20 yillarga çözilişini anglaş mumkin edi», — deydi öşandagi Falastin delegatsiyasi maslahatçisi Aniz Fauzi Qosim.
Ayrimlarga köra, Yaqin Şarqdagi nifoqni töxtatişga qandaydir imkoniyat bölgan bölsa, u aynan 1993 yilda bölgandi. Bir yildan söng Tinçlik böyiça Nobel mukofoti Rabin va Arofatga berilgan, bu ham jahon hamjamiyatining öşa paytdagi kayfiyatini ifodalaydi.
Xöş, kim haq va nima notöğri yöldan ketdi? BBC yaqin ötmişdagi voqealarni tahlil qilib çiqdi.
Kelişuv tomon sirli yöl
Yaqin Şarqdagi önlab yillar mobaynidagi keskin qarama-qarşilik, hududlar okkupatsiya qilinişi, terror va birinçi Falastin intifodasidan söng 1991 yilda AQŞ va SSSR Madrid tinçlik konferensiyasini çaqirişdi va ziddiyatlaşayotgan tomonlarga muzokaralar boşlaşni qat’iy taklif qilişdi.
Bölajak muloqotga asos «tinçlik evaziga hududlar» formulasi bölişi kerak edi.
Öşa paytda Isroilda hokimiyat tepasida «Likud» boşçilik öng markazçi hukumat turardi va bunday ayirboşlaş keskin rad etiladi.
Mavzuga oid
Biroq, 1992 yil iyulida önglarning saylovdagi mağlubiyatidan söng hukumatni Işoq Rabin boşçilik söllar boşqara boşlaydi. Mamlakatdagi asosiy mansablarni «Avoda» (işçi partiyasi) va MeReTs sotsial-demokratlari egallaşadi.
Söllarni Madrid tinçlikka erişiş formulasi töliq qoniqtirardi va öşa 1992 yilda Isroil ham Falastin ozodlik taşkiloti vakillari maxfiy ravişda Osloda muzokaralar uçun uçraşişadi.
Muzokaralar taşabbuskori va Norvegiya bitimlarining boş arxitektori Isroil taşqi işlar vaziri örinbosari Yossi Beylin böladi. Falastin tomonidan uning qarşisiga Mahmud Abbos çiqadi.
Yossi Beylin (çapda) 1999 yilda Ğazo sektorida Yosir Arofat bilan uçraşuvda. Öşa paytda Beylin Isroil adliya vaziri lavozimida bölgan. Foto: GETTY IMAGES
Muzokaralar şu qadar maxfiy ötkaziladiki, Isroil tomonidan oliy martabali qatnaşuvçilar jarayonning alohida detallarini hattoki bir-biridan sir tutişadi.
Boş muammo Falastin tomoni şarti böladi: ya’ni muzokaralarda Falastin tomonini Falastin ozodlik taşkiloti (FOT) tamsil etişi.
FOTning 1968 yilda qabul qilingan xartiyasida Isroilni yöq qiliş va Falastin hududida har qanday sionistik iştirokni bartaraf etiş böyiça maqsadlar yozib qöyilgan edi.
Hattoki söllar ham bu yigitlar bilan bir stolga ötirib gaplaşiş haddan oşiş ekanini tuşunişardi. Isroil rahbarlari fikri bölinadi: Isroil boş vaziri Işoq Rabin qarşi edi, taşqi işlar vaziri Şimon Peres — rozi.
Yossi Beylin ularning orasida jonhalak bölib, nafaqat muzokaralar taqdirini, hattoki öz karerasini ham xavf ostida qoldiradi.
Israel Hayom naşrida e’lon qilingan maqolasida Beylin iş kunlaridan birining yakunida öz şefi Peresning oldiga Osloda özi va Şarqiy Quddusning nufuzli siyosiy şaxslaridan biri Fayzal Hussayniy bilan ötadigan muzokaralarning birinçi bosqiçiga hamma narsa tayyorligi töğrisidagi hisobotni olib kirganini tasvirlagan.
«Men uning oldiga gaplaşib olinişi lozim bölgan masalalar röyxati bilan kirganimdan Peresning yuz ifodasi keçagidan özgarganini sezdim. U Hussayniy bilan uçraşuv haqida Rabinga ma’lum qilgani va boş vazir uçraşuvni bekor qilişni talab qilganini aytdi», — deb eslagan Beylin.
Keyinroq Isroil isteblişmentida bu mamlakat uçun mutlaqo xos bölmagan narsa kuzatila boşlaydi — mö’tadil söllar öta söllar bilan kuraşa boşlaydi va oradan bir yildan kamroq vaqt içida Norvegiya bitimlari baribir imzolanadi.
Bitimning mohiyati nimada?
«Oslo» bitimlari aslida ikki hujjatni birlaştiradi: «Oslo-I» (Isroil tomonidan Şimon Peres va Işoq Rabin, Falastin tomonidan Mahmud Abbos va Yosir Arofat tomonidan imzolangan 1993 yilgi prinsiplar) va «Oslo-II» (Iordan daryosining ğarbiy sohili va Ğazo sektori böyiça 1995 yilda imzolangan vaqtinçalik bitim).
Köpinça «Oslo» bitimlari haqida gapirilganda «Oslo-I» tuşuniladi. Arab-isroil masalalarini hal qilişda eng katta umid aynan mana şu hujjatdan edi.
Deklaratsiyaning köplab punktlari orasidan quyidagilarni asosiy qilib ajratib körsatiş mumkin:
Falastin tomoni Isroil davlati mavjud bölişga haqli ekanini tan oladi, terrorizm va boşqa turdagi zöravonliklardan voz keçadi, kelgusida mojarolarni tinç yöl bilan hal qilişga intiladi.
Isroil FOT (Falastin ozodlik taşkiloti)ni sulh muzokaralarida Falastin xalqi manfaatining qonuniy vakili deb tan oladi va Iordan daryosining ğarbiy sohili va Ğazo sektorini boşqariş uçun rasmiy Falastin hukumati tuzilişiga rozi böladi.
«Tinçlik evaziga hududlar» formulasi şakl-şamoyilga ega böla boşlagan edi.
«Bosib ötilişi yahudiy halqining içida murosasiz bölinişlarni yuzaga keltiruvçi qizil çiziqlar bor», — degan öşanda Iordan daryosining ğarbiy sohilidagi yahudiy manzilgohlari kengaşi rahbari Elyakim Xaetsni.
Okkupatsiya ostidagi hududlardagi yahudiy manzilgohlari masalalari — Isroil içki siyosatidagi tiqilib turgan toşlardan biri hisoblanadi.
Öng aktivistlar Rabin yahudiy xalqi va sionizmning eng aşaddiy duşmanlari qatoriga kirib qolişidan ogohlantira boşlaydi.
Isroil xalqi manfaatiga xiyonat qilganlik böyiça ayblovlarga qarşi Işoq Rabin şunday javob beradiki, keyinçalik u Isroil jamiyatining söl qaraşlardagi qismi uçun şiorga aylanadi.
«Bugun biz hammaga baland ovozda va aniq-tiniq qilib aytmoqdamiz: qon va köz yoşlari yetar. Bas», — Rabin bu sözlarni Vaşingtondagi Oq uy oldida Yosir Arofat bilan qöl siqişganidan söng aytgan.
Tomonlar özlariga olgan majburiyatlarni bajarişga kirişdimi?
Avvaliga, ha.
Falastin milliy ma’muriyati tuzildi va işga kirişdi.
Isroil qöşinlari Falastin muxtoriyatining oltita katta şahri va 450 ta aholi punktlaridan olib çiqib ketila boşlandi.
Iordan daryosining ğarbiy sohilini uçta sektorga böliş, ulardan biri töliq falastinliklar hokimiyatiga ötişi, ikkinçisida birgalikdagi nazorat va uçinçisi — eng kiçigi hozirça Isroil ixtiyorida qolişi belgilanadi.
Ikkitomonlama işçi guruhlar xarita çiziş bilan band bölib turgan paytda har ikki tomondan bitimga qarşi bölganlar köçalarda öz pozitsiyalarini toşböron va yonuvçi aralaşmalar bilan himoya qila boşlaşdi.
«Bizdan talab etilgan narsani qildik. Özaro tan oliniş, xavfsizlikni muvofiqlaştiriş. Biz öz majburiyatlarimizni bajardik, okkupantlar tomoni esa buni amalga oşirgani yöq», — degan Falastin rahbariyati vakili va FOT a’zosi Yosir Obid Rabbo.
1996 yil 4 noyabrida Tel-Aviv markazida uzilgan öq ovozi Oslo bitimlarini butunlay kömdi-qöydi.
Tinçlik uçun uruş qurbonlari
1995 yilning 4 noyabri oqşomida Isroil boş vaziri Işoq Rabin Tel-Avivdagi Isroil podşohlari maydonida tinçlik jarayonini qöllab ötkazilgan köp ming sonli mitingdagi çiqişidan söng öldiriladi.
Isroillik ultraöng diniy ekstremist Igar Amir öz tansoqçilari qurşovida maşinaga yönalgan Işoq Rabinning ortidan uç bora öq uzadi.
Sudda Amir Isroilni falastinliklar bilan ablahona bitimdan qutqargani, özini Isroil qahramoni deb bilişini aytadi.
U umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi, lekin öz maqsadiga yetadi.
Yaqin Şarq böyiça köplab ekspertlar fikriça, 1990-yillar örtalaridan tinçlik jarayoni faqatgina Işoq Rabinning şaxsi bilan mustahkam bölib turgan va faqat uning özi uni yakuniga yetkazişi mumkin edi.
Işoq Rabinning öldirilişi Isroilni larzaga keltiradi va mamlakatdagi radikalzm muammolarini oçib beradi. Foto: EPA
Rabinning söl qaraşlari uning köp janglarni körgan general biografiyasi bilan muvaffaqiyatli qorişgan edi.
1941 yilda 19 yoşli Rabin armiyaga çaqiriladi. 1947–49 yillardagi mustaqillik uçun kuraşda u jangovar operatsiyalarni muvaffaqiyatli boşqaradi. 1964 yilda u general-leytenant rutbasida Boş ştabni boşqaradi va uning qömondonligi ostida 1967 yilda isroilliklar olti kunlik uruşda Misr, Suriya va Iordaniya qurolli kuçlari ustidan zafar quçişadi.
«Isroilliklarning aksariyat qismi uçun bunday biografiya oddiy gap emasdi. Albatta, hanuz Rabinni xoin deb biluvçi toifalar bor, lekin Igar Amir hattoki öng radikal muhitda ham qahramon sanalmaydi. Rabinning öldirilişi mamlakatni larzaga soldi», — deydi tarixçi Gidon Stadler.
«Men, hisob raqami 30743 bölgan zaxiradagi general-leytenant Işoq Rabin, Isroil mudofaa kuçlari va tinçlik armiyasi askari, men, armiyani ötga, askarlarni ölimga jönatgan odam bugun şunday deyman: biz qurbonlar, yaradorlar, qon tökilişi va azob-uqubat bölmagan uruş tomon harakatlanmoqdamiz. Bu — iştirok etiş yoqimli bölgan yagona uruş: bu — tinçlik uçun uruş», — degandi Rabin özining 1993 yilgi nutqida.
2000 yil sentabriga kelib Falastin-Isroil qarama-qarşiligi özining yangi çöqqisiga çiqadi. Yahudiy manzilgohlarida yaşayotganlarning mahalliy aholi bilan töqnaşuvlari, xudkuşlarning teraktlari va Isroil mudofaa armiyasining keng kölamli javob operatsiyalari ikkinçi Falastin intifodasiga olib keladi va u tört yarim yil — 2005 yil boşlarigaça davom etadi.
Tanazzulning boşqa sabablari
Rabinning ölimidan söng bir yilça vaqt ötar-ötmas Isroilda yana hokimiyat tepasiga yoş boş vazir Binyamin Netanyahu boşçilik önglar keladi.
Mahmud Abbosning fikriça, Isroil Işoq Rabin ölimidan söng Falastin hududlarida yahudiy manzilgohlari qurişni davom ettirib, Norvegiya bitimlarini bajarişga bölgan umidni batamom öldirgan. Foto: AFP
Norvegiya bitimlari arxitektori Yossi Beylinga köra, 1993 yilning 13 sentabrida Oq uy oldidagi dabdabali marosim va matbuotdagi rezonans köpçilikda tarixiy sulh şartnomasi tuzildi, degan yolğon tasavvur uyğotgan.
Bu yolğon tasavvur öz navbatida nihoyatda yuqori kutilmalarga sabab bölgan, bu kutilmalar özini oqlamasligi ham mumkin edi, çunki hujjatning mohiyati umuman boşqaça bölgan.
«Öşa oraliq bitim tez orada Netanyahu qöliga tuşib qolgaç, u falastinliklar xuddi sulh şartnomasi imzolagandek harakat va hamkorlik qilişini talab eta boşlaydi. Siyosiy tartibga soliş böyiça bir neça taklifni falastinliklar rad etgaç, Isroil Yahud va Samariyada manzilgohlar quriş orqali Norvegiya bitimlarini bekor qilişga öz hissasini qöşdi», — deydi Yossi Beylin.
Uning özlariga köra, öng kuçlar memorandum mazmuniga juda tanlab-tanlab yondaşişgan. Falastinliklar terrordan voz keçib, tinçlik yöli bilan harakat qilişi töğrisidagi punktlar ularga yoqadi, albatta, biroq Falastin davlatini taşkil qiliş kafolatlari töğrisidagi punktlarni körmaganga ola boşlaşgan.
Ayrim oliy martabali falastinliklarga köra, 1993–93 yillardagi muzokaralar şunçaki hiyla bölgan.
«Oslo bitimi Isroilning eng yaxşi rejasi edi. U okkupatsiyani özi uçun heç qanday oqibatlarsiz davom ettiriş imkoniyatini yaratdi», — degan Falastin ma’muriyati qonunçilik kengaşi sobiq deputati, jamoat arbobi Mustafo Barqutiy.
Tinçlikka erişiş imkoniyatlari boy berildimi?
Sönggi 30 yilda Isroil önglari hokimiyat jilovini öz qöllaridan qöyib yubormayapti (1999–2001 yillardagi oraliq hisobga olinmasa) va har bir yangi hukumat bilan ular markazdan öta öng mafkura tomon siljib borişmoqda.
Isroilda köpçilik ikkinçi intifoda birinçisi (1987–1993)ning mantiqiy davomi böldi, çunki Isroil özining terrorizmga murosasiz kuraşiş strategiyasini xotirjamlik siyosatiga almaştirdi va Norvegiya bitimlari yangi mojaro qalqib çiqişini faqat biroz ortga surdi, degan fikrda. Foto: NURPHOTO
Mintaqada tinçlikka erişiş uçun yöl izlaş töğrisidagi qaçonlardir majburiy bölgan punkt allaqaçon köplab siyosatçilarning saylovoldi dasturlarining eng çetiga surib qöyilgan.
Ayni paytdagi hukumat mamlakat tarixidagi eng ultramillatçisi bölib, ularning hokimiyat tepasiga kelişiga sabab — koalitsiyaga birlaşgan partiyalar uçun kimlardir ovoz berganidir.
Gap bu faqat murakkab matematik qöşiş-ayirişlar samarasimi yoki Isroil jamiyatida çindan ham ultramillatçilikka talab paydo bölgani haqida.
Birinçi holatda tinç muloqot uçun umid saqlanib qoladi, agar keyingi safar raqamlar mö’tadillar foydasiga xizmat qilsa. Ikkinçi holatda esa Rabinning ögitlari tarixning zarvaraqlaridan örin oladi.
«Bitimni istamayotganlar yoki uning muhimligini tuşunmayotganlar bahsni heç kim bilan yeçib bölmasligini, hamkor yöqligini bot-bot ta’kidlayveradi. Fikrimça, tinç yöl bilan hal qilişga urinişlardan voz keçiş, sionizmdan voz keçiş degani», — deb hisoblaydi Yossi Beylin.
U yahudiy xalqining avlodlari töxtovsiz almaşib turişi uçun muhim şartlardan biri yoş isroilliklarning halok bölmasligi ekanini ta’kidlaydi.
Falastin tomonidan ham vaziyat önlab yillar davomida özgarmay kelyapti, hattoki 2007 yilda Ğazo sektori Isroil bilan har qanday tinçlik rejasini rad etuvçi HAMAS nazoratiga ötgaç çuqurlaşa boşladi.
1993 yilda HAMAS siyosiy öyinçi emas, şunçaki harbiylaşgan guruh edi. Boz ustiga, Yosir Arofatning nufuzi hamasçilarga faqat ma’lum bir çegaragaça öz fikriga ega bölişga izn berardi.
Endi esa ular Falastin ma’muriyatining ikki asosiy siyosiy kuçidan biri va muxtoriyat raisi Mahmud Abbos ular bilan hisoblaşişga majbur, hattoki ertaga Isroilda yangi Işoq Rabin paydo bölgan taqdirda ham.