Uç nafar «yollanma qotil» Qirğiziston va Özbekiston davlat çegarasini noqonuniy kesib ötganida uşlandi, deb xabar berdi Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib 24.kg.
Qayd qilinişiça, bu şaxslar Qirğizistonga kriminal avtoritet Qamçibek Asanbek (Qölboyev) ölimiga qasos oliş uçun kirgan. Qölga oliş çoğida ular bir qator fuqarolarning qotilligiga aloqadorligi uçun qidiruvda ekani ma’lum bölgan.
Uşlanganlar Özbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda: Karimberdiyev Oybek Abbos uulu (1997 yilda tuğilgan), Rustamov Azamat Şuhratoviç (1996 y.t.) va Abdulkaffarov Islomxon Abdusamat uulu (1994 y.t.).
«Tergov-qidiruv tadbirlari davomida ular jinoiy dunyo vakillaridan Qamçibek Asanbek ölimi uçun qasos olişga «buyurtma» olişganini ma’lum qilişdi. Milliy xavfsizlik davlat qömitasi va «Alfa» maxsus xizmati bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar doirasida yuqoridagi jinoyatçilar 13 oktyabr kuni Bişkek şahrida qölga olinib, Özbekiston huquq-tartibot idoralariga topşirildi», deyiladi xabarda.
4 oktyabr kuni Bişkekda ötkazilgan maxsus operatsiya davomida kriminal avtoritet Qamçibek Qölboyev yöq qilindi. Milliy xavfsizlik davlat qömitasi matbuot markazi qurolli qarşilik körsatgan uyuşgan jinoiy guruh rahbari qölga oliş çoğida öldirilgani haqida xabar berdi.
Şundan söng, Qirğizistonda «tozalaş» boşlandi. Tergov ma’lumotlariga köra, Qamçibek Qölboyevning jinoiy faoliyatiga aloqador yoki unga homiylik qilgan önlab odamlar qölga olingan.







