Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azoliklar janubga ketmoqda, Isroil ham chegaradagi shaharni bo‘shatmoqda. Fotosuratlar
Sderot deyarli huvullab qoldi. HAMAS bilan urush tufayli Isroil tarixda ilk bor butun shaharni evakuatsiya qilmoqda.
Isroil va HAMAS urushi, o‘ninchi kun. So‘nggi ma’lumotlar
- OAVda G‘azo va Misr chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktini ochish maqsadida sektorda o‘t ochish vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar tarqaldi. Ammo keyinroq bu ma’lumot Isroil bosh vaziri kanselyariyasi tomonidan ham, HAMAS tomonidan ham rad etildi.
- TsAHAL Livan bilan chegaradagi 28 ta aholi yashash manzillari aholisi evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. Isroilning shimoliy hududlari ushbu mamlakat janubida o‘rnashgan «Hizbulloh» guruhi tomonidan o‘qqa tutilmoqda.
- Isroil mudofaa armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektori shimolidan janubga yarim million kishi qochib o‘tgan.
- Jo Bayden HAMAS to‘liq yakson etilishi lozimligini ma’lum qildi. Ammo Isroil G‘azo sektorini okkupatsiya qilishi katta xato bo‘lishidan ham ogohlantirdi.
- O‘tgan 24 soat ichida Isroil mudofaa armiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi 250 obektiga zarba yo‘llagan. HAMASning janubiy ichki xavfsizlik okrugi qo‘mondoni Matez Id o‘ldirilgan.
- Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida 2750 kishi halok bo‘lib, 9700 dan ortiq kishi yaralangan. Isroilda qurbonlar soni kamida 1400 kishi, yana 2500 kishi yaralangan.
- BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish markaziga ko‘ra, G‘azoning barcha shifoxonalarida 24 soat ishlash uchun yetarli yonilg‘i qolgan. Zaxira elektr generatorlari faoliyati to‘xtashi minglab bemorlar hayotini xavf ostida qoldiradi.
- BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilni G‘azo sektoriga gumanitar yordam karvonlarini o‘tkazishga, HAMASni esa — anklavda garovda ushlab turilganlarni ozod etishga chaqirdi. «Biz Yaqin Sharqdagi jarlik yoqasida turibmiz», degan u.
Isroil mudofaa armiyasi quruqlik amaliyotiga tayyorlanmoqda. TsAHAL o‘tgan hafta davomida HAMASning G‘azo sektoridagi pozitsiyalari bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. 13 oktyabr kuni isroillik harbiylar G‘azo aholisini sektor shimolidan janubga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. Avvaliga buning uchun bir kun muhlat berilgandi, ammo shundan buyon muhlat surilib kelmoqda. BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir hafta ichida G‘azoda bir million atrofidagi kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. O‘z navbatida, Isroil hukumati ham tarixda ilk bor butun shaharni evakuatsiya qilishga ko‘rsatma berdi. 15 oktyabr kuni rasmiylar mamlakat janubida, G‘azo sektori bilan chegaradagi Negev sahrosida joylashgan Sderot shahri aholisini xavfsiz hududlarga olib ketishni boshladi. Shaharda 30 ming kishi yashaydi. Aholining uchdan ikki qismi allaqachon Sderotni tark etgan.
Sderotdan evakuatsiya
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Jini / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Yuri Cortez / AFP / Scanpix / LETA
Thomas Coex / AFP / Scanpix / LETA
Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Yuri Cortez / AFP / Scanpix / LETA
Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
G‘azodan evakuatsiya
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Mohammed Faeq / AFP / Scanpix / LETA
Adel Hana / AP / Scanpix / LETA
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Ahmed Zakot / Reuters / Scanpix / LETA
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
Marcus Yam / LA Times / Getty Images
Mohammed Talatene / dpa / Scanpix / LETA
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Atia Darwish / APA / SIPA / Scanpix / LETA
Ahmad Salem / Bloomberg / Getty Images
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
Mavzuga oid
20:09 / 08.05.2026
Isroil hujumi natijasida Hamas bosh muzokarachisining o‘g‘li halok bo‘ldi
14:15 / 20.04.2026
Hamas rasmiylari guruh ba’zi qurollarini topshirishga tayyorligini bildirdi
17:42 / 07.04.2026
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda
14:49 / 02.04.2026