Isroil 5 yoşli falastinlik qizaloq Hind Rajab va uning oila aʼzolari ketayotgan avtomobilga öz harbiylari öq uzganini tan oldi. Şuningdek, harbiy politsiya 14 nafar falastinlik şifokor va qutqaruvçilar otib taşlanişi bilan boğliq işni ham örganmoqda. Ammo, huquq himoyaçilari bunday tekşiruvlar kamdan-kam hollarda ayblov hukmi bilan yakunlanişini aytmoqda.

19-avgust kuni Isroil harbiylari Ğazo uruşida qöşinlar tomonidan falastinliklarning öldirilişi bilan boğliq ikkita şov-şuvli iş: 5 yoşli qizaloq Hind Rajab hamda öndan ortiq tibbiyot xodimlarining ölimi böyiça jinoiy tergov boşlaşini maʼlum qildi.

New York Times'ning yozişiça, uşbu işlarni jinoiy tergovga ötkaziş töğrisidagi qaror – harbiy faktlarni örganiş missiyasi tomonidan uzoq vaqt davomida körib çiqilgaç qabul qilindi.

Jinoiy tergovga tortilgan işlardan biri 2024-yil yanvar oyida Ğazo şahrida avtomobil içida öldirilgan Hind Rajab va uning olti nafar oila aʼzosining ölimiga taalluqli.

Ikkinçi iş esa 2025-yilning mart oyida Ğazo janubida 14 nafar falastinlik şifokor va qutqaruvçilar otib taşlanişi bilan boğliq. Isroil harbiylari ularni öldirganidan keyin u yerdan maşinada ötib ketayotgan BMT xodimining ölimiga olib kelgan otişma uyuştirgandi.

2026-08-20 17.29.18
Foto: Reuters

Isroil harbiylari boşqa uçta holatda humanitar xodimlarni öldirgani yuzasidan iş oçişni rad qildi. Jumladan, 2024-yilning aprel oyida humanitar yordamni omborga olib ketayotgan vaqtida «World Central Kitchen» yordam taşkilotining yetti nafar xodimi Isroil zarbasidan keyin öldirilgandi. Ammo, Isroil bu hujum yuzasidan jinoiy tergov boşlaş uçun heç qanday asos topmaganini bildirdi.

«World Central Kitchen» harbiylarning hisobotini va işni yopiş haqidagi qarorini rad etdi. «Hujumlar uçun heç qaçon heç qanday bahona yoki oqlaş bölmagan va uşbu hisobotda ham buni oqlaydigan heç narsa yöq», deyiladi guruhning ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida. «Qaror töliq haqiqatga mos kelmaydi va öta haqoratlidir».

2026-08-20 17.29.20
Isroil hujum qilgan «World Central Kitchen» avtomobili

«World Central Kitchen» harbiylar – ularning jamoasi harakatlari, kimligi va faoliyati haqida oldindan bilganini qöşimça qilib, mustaqil tergov ötkazişni talab qildi.

Şuningdek, Isroil harbiylari yana 2 holatdagi hujumlar böyiça iş oçişni rad qildi:

  • 2024-yil fevral oyida «Çegarasiz şifokorlar» taşkiloti joylaşgan binoga qilingan halokatli hujum;
  • 2023-yil noyabr oyida Ğazo şahrida karvon tarkibida ketayotgan tibbiyot taşkilotining ikki xodimi öldirilgani böyiça işlar.

Naşrning yozişiça, Isroil harbiylarining uruş davridagi xatti-harakatlarni örganuvçi faktlarni izlaş missiyasi 150 ga yaqin hodisani körib çiqişni yakunlagan. Tekşiruvçi organ özini - harbiylarning doimiy buyruqbozlik zanjiridan taşqarida faoliyat yurituvçi mutaxassislardan iborat ekanini qöşimça qilgan.

Hind Rajabning öldirilişi

5 yoşli qizaloq Hind Rajabning öldirilişi Isroilning Ğazodagi genotsid uruşi davomida minglab bolalar ölimi bilan boğliq eng şov-şuvli voqea bölgandi.

Hind 2024-yil 29-yanvar kuni dastlabki otişmadan omon qolgan va halok bölgan qarindoşlari bilan maşina içida qamalib qolgandi. U falastinlik tibbiyot xodimlaridan mobil telefon orqali yordam yuborişlarini yolvorib söragan. Ğazoda unga tez yordam maşinasi jönatilgan.

Öşanda ular voqea joyiga yetib kelganidan köp ötmay dispetçerlar qiz bilan ham, qutqaruvçilar bilan ham aloqani yöqotişdi. Ön ikki kundan keyin hududdan qizning, uning qarindoşlari va ikki nafar tez yordam xodimining jasadlari topildi.

Harbiylar avvalroq qiz öldirilgan joy yaqinida öz qöşinlari bölganini inkor etgan. Çorşanba kuni Isroil harbiylari bir neça oy davom etgan tekşiruvdan söng, qöşinlar avtomobil ularga yaqinlaşib kelayotganida unga qarab öq uzgani tan oldi.

2026-08-20 17.29.23
Hind Rajab va uning oilasi öldirilgan maşina / Foto: Reuters

Reutersʼning yozişiça, qizni qutqariş uçun jönatilgan Falastin Qizil Yarimoy tez yordam maşinasiga keyinroq snarad otilgani maʼlum böldi. Hind bilan boğliq voqea xalqaro miqyosda ğazab uyğotdi. Uşbu qotillik haqidagi «Hind Rajabning ovozi» deb nomlangan badiiy film işlandi.

Harbiy jinoyatda ayblanayotgan isroilliklarga nisbatan huquqiy çoralar körişga intilayotgan, Bryusseldagi «Hind Rajab» fondi Isroil harbiylarining jinoiy tergov oçiş haqidagi qaroriga «işonçi yöqligini» aytdi.

«Uşbu maʼlum qilingan tergovlar, hatto ular röy bersa ham, adolat sari taşlangan çinakam qadam deb adaştirilmasligi kerak», deyiladi fond bayonotida. Şuningdek, ular Isroilning öz askarlari xatti-harakatlarini tekşirişi «tubdan xato» ekanini taʼkidlangan.

Qizning buvisi Ğazodagi köçirilganlar qarorgohida Reuters'ga bergan intervyusida özi va qizning oilasi «Isroil davlati sud tizimiga işonmasligini» aytdi. «Adolat butun dunyodan keladi deb umid qilamiz. Biz xalqaro odil sudlov tizimiga tölaligiça murojaat qilamiz», dedi qizga öz ismini bergan buvisi Hind Rajab.

«Kamdan-kam hollarda ayblov bilan yakunlanadigan tergov»

NYTning yozişiça, bunday harbiy politsiya tergovlari köpinça sekin keçadi va kamdan-kam hollarda aybdorlarni jazolaş bilan yakun topadi. Huquqni himoya qiluvçi guruhlar ilgari harbiylarning uruşlardagi öz harakatlari yuzasidan ötkazgan içki tergovlarini tanqid qilib, bu jarayonni ayblarni xaspöşlaş deb baholagan edi.

«Yesh Din» huquq taşkiloti tadqiqotçisi Den Ouenning taʼkidlaşiça, sönggi ön yil içida tekşiruvlarning juda «kiçik» qismigina ayblov xulosalariga olib kelgan. Ösib borayotgan siyosiy bosim esa «Isroil huquq-tartibot organlarini hatto aniq dalillar mavjud bölgan taqdirda ham, aybdorlarni javobgarlikka tortişdan yanada qaytarmoqda».

2026-08-20 17.29.15
Foto: Reuters

Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotlariga köra, qariyb uç yil avval boşlangan uruşda sektorda 70 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan. Vazirlik maʼlumotlarida tinç aholi va Hamas aʼzolari ajratib körsatilmagan. Qurbonlar orasida bir neça ön minglab bolalar va ayollar ham bor.

Isroil 2023-yil 7-oktabrda Hamas boşçiligidagi hujumdan söng uşbu genotsidga aylanib ketgan uruşni boşlaşdi. Isroil rasmiylarining maʼlum qilişiça, 7-oktabrdagi hujumda taxminan 1200 kişi halok bölgan, yana 250 ga yaqin kişi garovga olingandi.

Ğazoda 2025-yil oktabr oyida Hamas va Isroil örtasida AQŞ vositaçiligida öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirgandi. Ammo oradan qariyb bir yil ötib ham, Isroil özi «aniq maqsadli qotilliklar» deb ataydigan amaliyotlarini davom ettirmoqda. Xususan, sulhdan keyin Isroil öqlaridan Ğazoda mingdan ortiq falastinlik halok böldi.