Ötmişdagi aktyor, basketbolçi, şifokor: HAMAS yetakçilari haqida nimalar ma’lum?
|01:40 / 18.10.202338 82718 min
7 oktyabr kuni tongida HAMAS Isroilga qarşi keng kölamli va yaxşi muvofiqlaştirilgan «Al-Aqso töfoni» amaliyoti boşlanganidan buyon Isroil maxsus xizmatlarini ğaflatda qoldirgan uşbu hujum taşkilotçilari kimlar ekani haqida tobora köproq savol berilmoqda.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Falastinliklarning Ğazo sektorini nazorat qiluvçi harbiylaşgan HAMAS tuzilmasi yetakçilaridan ayrimlari ba’zida yuziga niqob tutgan holda OAVda köriniş beradi. Taşkilot boşqaruvining köplab vakillari esa öz hayotining katta qismini Isroil razvedkaçilaridan yaşirinib ötkazgan.
BBC HAMASning eng közga köringan yetakçilari — siyosiy arboblar va «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasi harbiy qömondonlaridan iborat röyxatni taqdim etdi.
Muhammad Deyf
Deyf — HAMAS a’zolari Ğazo sektoridan Isroilga ötişda foydalanadigan yerosti tunnellari loyihasi muallifi sanaladi
Deyfning haqiqiy ismi — Muhammad Diab al-Masriy (şuningdek, Abu Xolid yoki Al-Deyf sifatida ham ma’lum). U HAMASning harbiy qanoti bölmiş «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasiga rahbarlik qiladi. 1965 yilda Ğazoda tuğilgan.
Falastinliklar uni HAMASning «miyasi» deb bilişadi, isroilliklar uçun esa u «Ölim darakçisi» yoki «Töqqiz joni bor kuraşçi» sifatida ma’lum.
Deyf Ğazodagi Islom universitetining bakalavr diplomini olgan. Talabalik yillarida aktyorlikka (teatrga ham) mehr qöygan va hatto u yerda sahna guruhi tuzgan.
1987 yilda HAMAS taşkil etilgani haqida e’lon qilinganida, Deyf birinçilardan bölib uning saflariga kirgan. 1989 yilda u Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan va 16 oyni panjara ortida ötkazgan — sudsiz va tergovsiz, şunçaki HAMAS harbiy apparatida işlagani uçun.
Hibsdaligi çoğida Deyf Zakariyo Al-Şorbagiy va Saloh Şehad bilan isroillik askarlarni qölga oliş uçun HAMASdan alohida tuzilma — «Al-Qassam brigadasi»ni tuziş böyiça kelişib oladi.
Qamoqdan çiqqanidan keyin Deyf turli brigadalarni yagona harbiy tuzilmaga birlaştirib, (boşqa brigadalar yetakçilari bilan birgalikda) «Izz ad-Din al-Qassam»ning asosçilaridan biriga aylanadi.
U şuningdek HAMAS a’zolari blokpostlarni çetlab ötgan holda Isroil hududiga kirişini ta’minlaydigan tunnellar tizimini işlab çiqadi va köp miqdord raketa uçirişni faol yoqlaydi.
Ammo unga qöyilgan eng jiddiy ayblov — 1996 yilgi terakt uçun bomba tayyorlagani (öşanda avtobuslardagi portlaşlar oqibatida 50 ga yaqin isroilliklar halok bölgan) uçun öldirilgan Yahyo Ayyaş ölimiga javoban «qasos amaliyoti» seriyasini işlab çiqiş hamda unga töğridan töğri rahbarlik qiliş, şuningdek, 1990-yillar örtalarida uç isroillik askar öldirilişida iştirok etişi böyiça.
Mavzuga oid
2000 yilda Isroil hukumati uni yana bir bor qölga oladi va qamoqqa taşlaydi, ammo Deyf Ikkinçi intifoda boşlangan vaqtda qoçib ketişga muvaffaq böladi, şundan keyin u haqda deyarli heç narsa ma’lum emas: u öz ortidan iz qoldirmaslikka harakat qiladi.
Isroilliklarga Deyfning faqat uç surati ma’lum: fotolardan biri olinganiga juda köp vaqt bölgan, öşanda u hali juda yoş edi, boşqasida esa uning yuzi niqob bilan tösilgan, uçinçisida — uning faqat soyasi köringan.
Uning hayotiga qilingan suiqasdlardan eng jiddiysi 2002 yildagi uriniş edi: Deyf möjiza tufayli omon qoladi, ammo portlaş vaqtida bir közidan ayriladi. Isroil rasmiylariga köra, boşqa suiqasdlar oqibatida u oyoq va qölidan ham ayrilgan, şuningdek, sözlaş qobiliyatida muammo yuzaga kelgan.
2014 yilda, Isroilning Ğazo sektorida qariyb sakkiz hafta davom etgan amaliyoti vaqtida isroillik harbiylar uning rafiqasi va ikki farzandini öldiradi, ammo Deyf yana omon qoladi.
U «Abu Xolid» laqabini «Kloun» piyesasida şu nomdagi personajni öynaş orqali olgan. Haqiqiy Abu Xolid tarixiy şaxs bölib, ilk örta asrlarda yaşagan.
«Deyf» sözi esa arabçada «mehmon» ma’nosini anglatadi. U bunday laqabni heç qaçon bir joyda uzoq qolmasligi, Isroil maxsus xizmatlari izlab topa olmasligi uçun har keça tunaş joyini özgartirişi tufayli tanlagan.
Marvan Issa
Marvan Issa yoki «soya odam» — Muhammad Deyfning öng qöli. U «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasi boş qömondoni örinbosari, HAMAS siyosiy kengaşi va harakat harbiy byurosi a’zosi.
Marvan Issani Isroilda «quruq gap emas, balki iş qiladigan odam» deb atab, uning ğayrioddiy zakovati va ijodkorligini e’tirof etişadi. Foto: MEDIA SOURCES
Birinçi intifoda yillarida HAMAS bilan aloqalari (u harakatga juda yoşligida a’zo bölgan) tufayli Isroil maxsus xizmatlari uni beş yil mobaynida hibsda uşlab turadi.
Isroildagilar u tirik ekan HAMAS bilan «intellekt uruşi»da ğalaba qozonib bölmasligi, çunki Issa «şu qadar aqlliki, plastikni metallga aylantirişi mumkinligi»ni aytişadi.
Yoşligida u umidli basketbolçi sifatida körilgan, ammo uning sportdagi karerasi öxşamaydi, çunki 1987 yilda HAMAS bilan aloqalari uçun Isroil maxsus xizmatlari tomonidan uşlanadi.
10 yil ötib, 1997 yilda u yana bir bor hibs etiladi, bu safar Falastin ma’muriyati tomonidan. U uç yil ötib, 2000 yilda, Ikkinçi intifoda boşlanganida («Al-Aqso intifodasi») ozodlikka çiqadi.
Qamoqdan çiqarilganidan söng Issa «Al-Qassam brigadasi» harbiy tuzilmalari rivojida muhim rol öynaydi.
HAMASdagi mavqeyidan kelib çiqqan holda u Isroil razvedkasi tomonidan eng köp qidiriluvçilar röyxatida böladi. 2006 yilda, HAMAS harbiy rahbariyati a’zolari uçraşuvi çoğida Isroil maxsus xizmatlari unga suiqasd uyuştiradi, uning natijasida Issa jiddiy yaralanadi, ammo tirik qoladi.
2014 va 2021 yillarda Ğazo sektoriga keng kölamli bosqinlar uyuştirilgan vaqtlarda Isroil aviatsiyasi uning uyiga ikki marta zarba bergan. Zarbalar oqibatida Issaning ukasi halok bölgan, ammo özi yana ölimdan qutulib qolgan.
2011 yilga qadar maxsus xizmatlar u qanday körinişda ekanini ham bilişmagan (1987 yilda qölga olingan şaxs u bölgani keyinroq oydinlaşadi) — öşanda Falastin rahbariyatining Isroil beş yildan ortiq vaqt mobaynida HAMAS asirligida bölgan askar Gilad Şalit evaziga qöyib yuborgan falastinliklar bilan uçraşuvi vaqtida olingan suratda yuzi köringanlardan biri u ekani ma’lum böladi.
Isroil maxsus xizmatlariga uning Abu Al-Baraa sifatidagi boşqa nomi ham ma’lum va uning sönggi ön yillikdagi çegara orqali qilingan qator reydlarga, jumladan sönggisi — «Al-Aqso töfoni»ga aloqadorligiga şubha qilişmaydi.
Falastinliklarning zarbasi naqadar kuçli bölgani, bunday keng kölamli bosqinni taşkillaştiriş darajasi hamda zarbdor guruhlarning razvedka va texnik kömak bölinmalari bilan aniq muvofiqlaştirilgani, şuningdek aholi yaşaş manzillari va harbiy obektlarni şturm qilişga urğu qaratilgani — bularning barçasi, isroilliklar fikriça, amaliyotni tayyoyorlaşda «Soya odam» ham iştirok etganidan dalolat beradi.
Yahyo Sinvar
2015 yil sentabrida Sinvar nomi ham Amerikaning «xalqaro terrorçilar» röyxatiga tirkaladi. Foto: Getty Images
HAMAS harakati yetakçisi va uning Ğazo sektoridagi siyosiy byurosi rahbari Yahyo Ibrohim Al-Sinvar 1962 yilda tuğilgan. U HAMASning «Majid» nomli xavfsizlik xizmati asosçisi hisoblanadi, bu xizmat Isroilning ehtimoliy josuslarini aniqlaş va Isroil razvedkasi hamda maxsus xizmatlarining aniqlangan xodimlarini kuzatiş bilan şuğullanadi.
Sinvar uç marta hibsga olingan. Birinçi bor — 1982 yilda, u öşanda tört oy muddatga ma’muriy qamoqqa olingan.
1988 yilda Sinvar uçinçi bor hibsga olinadi va tört karra umrbod qamoq jazosiga hukm etiladi. Ammo, u jazoni ötayotganida tanki raketa zarbasiga uçragan isroillik askar Gilad Şalit HAMAS tomonidan asirga olinadi.
Şalit bilan boğliq hodisa Isroilda ulkan rezonans keltirib çiqaradi, uni qöllab-quvvatlaş uçun köplab yirik namoyişlar ötkaziladi va mamlakat hukumati uşbu serjantni ozod etiş uçun istalgan çorani qöllaşga tayyor edi. Alaloqibat, beş yarim yil ötib, 2011 yilda uni Isroil qamoqxonalarida jazoni ötayotgan mingdan ortiq falastinliklarga almaştiriş evaziga garovdan qutqarib olişga muvaffaq bölinadi.
HAMAS va FATHning qöyib yuborilgan a’zolari orasida Yahyo Sinvar ham bor edi. Ozodlikka çiqqanidan keyin u harakatning közga köringan namoyondalaridan biri sifatida yana HAMAS siyosiy byurosidan örin egallaydi.
2015 yil sentabrida AQŞ Kongressi Sinvarni «xalqaro terrorçilar» röyxatiga kiritadi.
2017 yil 13 fevralida u HAMASning Ğazodagi siyosiy byurosi rahbari etib saylanadi.
Abdulla Barğutiy
Detonatorlardan taşqari, «Muhandis» kartoşkadan portlovçi va zaharlovçi moddalar işlab çiqarişni yölga qöygan. Foto: AFP
Barğutiy 1972 yilda Kuvaytda tuğilgan, ammo 1990 yilda, Fors qöltiğidagi Ikkinçi uruşdan keyin Iordaniyaga ketgan.
Iordaniya fuqaroligini olgaç, Janubiy Koreya universitetiga öqişga kirib, bu yerda uç yil mobaynida muhandis-elektrik yönalişida tahsil olgan. U şu yerda portlovçi moddalar işlab çiqarişni örgangan, lekin unga Falastinga kirişga ruxsat berilganidan voqif bölgaç, öqişni bitirmagan va diplom olmagan.
Avvaliga uning portlaş texnikalaridan xabardorligi atrofidagilar uçun sir bölib qoladi, toki kunlardan bir kun esa Ğarbiy sohildagi çekka hududda öz amakivaççasi Bilol Al-Barğutiyga nimalarga qodirligini namoyiş etmaguniça. Bilol körganlari haqida öz komandiriga aytib beradi va Abdulla Barğutiy «Al-Qassam brigadasi» safiga kiriş uçun taklif oladi.
Bu yerda Abdulla Muhandis laqabini oladi, çunki u nafaqat tizzaga detonatorlarni örab qöya olgan, balki kartoşkadan ham portlovçi va zaharli moddalar işlab çiqarişni yölga qöygan.
Barğutiy öz şahridagi omborlardan birini amalda harbiy zavodga aylantiradi.
2003 yilda u tasodifan Isroil maxsus topşiriqli bölinmasi tomonidan qölga olinadi va uç oy davomida tergov qilinadi.
Barğutiy önlab isroilliklar ölimi uçun şaxsan javobgar deb hisoblaşadi va unga qarşi ikkinçi sud işida köplab qurbonlarning oila a’zolari hozir böladi.
U Isroil adliya tarixidagi eng uzoq muddatli qamoq jazosini oladi — bu butun adliya tarixidagi eng katta muddat bölişi ham mumkin: 67 umrbod qamoq jazosi va yana 5200 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi.
U ayni vaqtda ham Beyt-Şean yaqinidagi Gilboa qamoqxonasida saqlanadi. U ma’lum vaqt yakkalik kamerada saqlangan, ammo u yerda oçlik e’lon qilganidan keyin, ortga qaytarişga töğri kelgan.
Isroil hukumati Barğutiyni 2011 yilgi Gilad Şalit evaziga mahbuslar almaşuviga qöşişga rozi bölmagan.
U qamoqdaligida öz hayoti haqida kitob yozib, özini «Soya şahzodasi» deb atagan. Unda öz hayoti va boşqa mahbuslar bilan birgalikda ötkazgan amaliyotlar tafsilotlarini keltiradi — Isroil harbiy blokpostlari orqali portlovçi moddalar olib ötiş, masofadan turib portlatiş va hokazolar haqida.
Ismoil Haniya
Ismoil Haniya — HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari va Falastin muxtoriyatining öninçi rahbari. Foto: Reuters
Abu Al-Abd laqabli Ismoil Abdul Salom Haniya falastinlik qoçqinlar lagerida tuğilgan. U HAMAS harakati siyosiy byurosi va Ğazodagi Falastin muxtoriyatini boşqaradi. 2006 yildan buyon Ğazodagi hukumat rahbarligida qolmoqda.
1989 yilda Isroil uni uç yilga qamagan, bu muddat yakunlangaç, Haniya (HAMASning boşqa yetakçilari bilan birga) Isroil va Livan örtasidagi betaraf hudud — Marj al-Zuhurga ötkazilgan va bu yerda ham yana bir yilni ötkazgan.
Şundan keyin Ğazoga qaytgan va 1997 yilda HAMAS harakati diniy rahnamosi şayx Ahmad Yosinning öng qöli va kotibiga aylangan, bu esa uning pozitsiyasini sezilarli darajada mustahkamlagan.
2006 yil 16 fevralida HAMAS Haniyani Falastin boş vaziri lavozimiga tayinlaydi va u 20 fevral kuni bu lavozimga kirişadi.
Bir yil ötib Haniyaning hukumati Falastin muxtoriyati prezidenti Mahmud Abbos ma’muriyati tomonidan tarqatib yuboriladi, ammo HAMAS bu qarorni noqonuniy deb e’lon qiladi va kabinet işlaşda davom etib, amalda Ğazo sektori ustidan töliq nazorat örnatadi.
Bu yerda hokimiyat uçun kuraş bir hafta davom etadi va yakunda Abbos rahbarligidagi FATH harakati kuçlari sektor hududidan butunlay siqib çiqariladi. Şu bilan birga, Haniya ötgan vaqt içida bir neça bor FATHni tinçlik sulhi tuzişga çaqirgan.
2017 yil 6 mayida u HAMAS siyosiy byurosi rahbarligiga saylangan va 2022 yilda aynan şu lavozimda Rossiyaga taşrif buyurib, TIV rahbari Sergey Lavrov tomonidan qabul qilingan va HAMAS «Rossiya taşqi siyosatining köplab pozitsiyalari»ga qöşilişini bildirgan.
U şuningdek Davlat dumasi deputatlari qarşisida ham çiqiş qilib, Qozonga ham borgan va Tatariston rahbari Ruslan Minnixanov bilan uçraşgan.
Bundan tört yil oldin AQŞ Davlat departamenti Haniyani terrorçi deb topgandi.
Xolid Maşaal
Maşaal — HAMAS asosçilaridan biri va ilk kunlardan harakat siyosiy byurosi safida edi. Foto: AFP
Xolid Maşaal (uni Abu Al-Volid deb ham ataşadi) 1956 yilda Iordanning Ğarbiy sohilidagi Silvad qişloğida tuğilgan. U şu yerda boşlanğiç ta’limni olgan, ammo maktabni Kuvaytda tamomlagan, uning oilasi uşbu mamlakatga köçib ötgandi.
Maşaal — HAMAS asosçilaridan biri hisoblanadi, harakat taşkil topgan vaqtdagi yetakçilari qatorida bölgan. 1996 yildan 2017 yilgaça u HAMAS Siyosiy byurosi prezidiumini boşqargan, 2004 yilda şayx Ahmad Yosin vafot etganidan keyin aynan u harakatning yangi rahbari etib tayinlangandi.
1997 yilda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil razvedkasidan (Mossad) Xolid Maşaalni öldiriş rejasini işlab çiqişni şaxsan söraydi. Şundan söng Mossadning 10 nafar josusi Kanadaning soxta pasportlari bilan öşa vaqtda Maşaal yaşab turgan Iordaniyaga kiradi va Omandagi sayr vaqtida yölidan çiqib, unga zaharlovçi modda yuboradi.
Iordaniya hukumati qotillikka urinişdan xabar topadi va Mossadning ikki xodimini qölga oladi. Öşanda Iordaniya qiroli Husayn Isroil boş vaziri foydalanilgan toksinga qarşi ziddi zaharni berişni söraydi, ammo Netanyahu avvaliga rad javobini beradi.
Suiqasd kuçli siyosiy tus oladi va mojaroga AQŞning öşa vaqtdagi prezidenti Bill Klinton aralaşib, Netanyahuni Iordaniyaga zarur antidotni yuborişga köndiradi.
2006 yil martida Maşaal HAMAS delegatsiyasining Moskvaga taşrifiga rahbarlik qilgan, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va butun rus patriarxi Aleksiy II bilan uçraşgan. Maşaal 2007 yilda ham Moskvaga boradi.
11 yoşida ota-onasi bilan köçib ketgan Maaşal faqat 2012 yil 7 dekabrida Ğazo sektoriga qaytadi. Misr bilan çegaradagi Rafah nazorat-ötkaziş punktida uni Falastin muxtoriyati yetakçilari delegatsiyasi kutib oladi, Ğazo şahriga qadar yöl böyi Maşaalni oddiy falastinliklar olqişlaşadi.
Mahmud Zahar
Zahar HAMAS taşkil etilganidan atigi bir yarim yil ötib Isroil maxsus xizmatlari tomonidan uşlangandi. Foto: Getty Images
Mahmud Zahar 1945 yilda Ğazo şahrida, falastinlik ota va misrlik ona oilasida tuğilgan, ilk bolalik çoğlarini Misrning Ismoiliya şahrida ötkazgan.
U maktabni töliq Ğazoda öqiydi, keyin Qohiradagi Ayn-Şams universitetiga öqişga kiradi, 1971 yilda umumiy tibbiyot yönalişida bakalavr diplomini, 1976 yilda esa — umumiy jarrohlik yönalişida magistr diplomini qölga kiritadi. Öqişni tugatgaç, Ğazo va Xon-Yunisdagi şifoxonalarda işlaydi, ammo Isroil hukumati siyosiy qaraşlari tufayli uning işdan böşattiradi.
Zaharni HAMAS siyosiy rahbariyatidagi eng nufuzli a’zolardan biri sifatida bilişadi.
1988 yilda, HAMASga asos solinganidan bir yarim yil vaqt ötganida, Mahmud Zahar qölga olinadi va olti oyni Isroil qamoqxonasida ötkazadi. 1992 yilda Isroildan olib çiqilib, Marj al-Zuhur şahrida kuzatuv ostida saqlangan falastinlik yetakçilar qatorida u ham (Ismoil Haniya bilan birga) bor edi.
2005 yilda HAMAS Falastin muxtoriyatidagi umummilliy saylovlarda ğolib bölgaç, Zahar Ismoil Haniyaning yangi hukumatida taşqi işlar vaziri lavozimini egallaydi — köp ötmay Haniya bilan birgalikda Mahmud Abbos tomonidan iste’foga çiqariladi, bu voqea esa keyin Falastinning ikkiga ajralişiga olib keladi.
Ammo Zahar bundan oldinroq suiqasdni boşdan keçirgandi, Isroil maxsus xizmatlari uning Ğazo sektoridagi uyiga qariyb 500 kilogrammlik bomba taşlaydi. Zarba oqibatida uning katta öğli Xolid halok böladi, özi esa yengil jarohat bilan qutulib qoladi.
2008 yilda Zahar ikkinçi öğlidan ham ayriladi: Hossam «Al-Qassam» brigadasining isroillik harbiylar 15 yanvar kuni Ğazo sektori şarqida ötkazgan reydi vaqtida öldirilgan 18 jangçisidan biri edi.
Zahar bir qança intellektual esselar, siyosiy çiqişlar va boşqa adabiy asarlar muallifi, jumladan, «Zamonaviy jamiyat muammolari… Qur’on nuqtayi nazaridan», «Quyoş ostida joy yöq» (Binyamin Netanyahuning «Quyoş ostidagi joy» nomli kitobiga javoban yozilgan) va «Trotuarda» romani.