Prezidentning “Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2024 yildan boşlab bir yil davomida eksperiment tariqasida, Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan paxta va ğalla maydonlari lazerli qurilmaga ega tekislaş agregatlari bilan tekislanganda har bir gektar yer maydonga Özbekiston respublika budjetidan 3 mln sömdan subsidiya mablağlari ajratiladi.

Bunda, respublika budjetidan lazer uskunali yer tekislagiçlar bilan tekislaş tadbirlarini amalga oşiriş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun subsidiya mablağlari har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yildan boşlab davlat budjeti parametrlarini şakllantirişda Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi korxonalari lazerli qurilmaga ega tekislaş agregatlari bilan yerlarni tekislaş tadbirlarini moliyalaştiriş uçun Qişloq xöjaligi vazirligi budjetida tegişli mablağlarni rejalaştiradi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qişloq xöjaligi korxonalariga lazerli qurilmaga ega tekislaş agregatlari bilan yerlar tekislanganda har bir gektar yer maydonga 3 mln sömdan subsidiya ajratiş tartibini işlab çiqib tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi 2023 yil 1 noyabrga qadar lazer uskunali yer tekislagiçlar bilan 2024 yilda amalga oşiriladigan qişloq xöjaligi korxonalari va yer maydonlarining manzilli röyxatini tasdiqlaydi.