H guruhi

Qozog‘istonliklar Finlandiya maydonida iroda ko‘rsatib, Yevroga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkon saqlab qoldi.

Finlandiya – Qozog‘iston 1:2
Gollar: 1:0 – 28 Teylor, 1:1 – 77, penalti Zaynutdinov, 1:2 – 89 Zaynutdinov.
Finlandiya – Gradetski, Alxo (Soyri, 88), Yyensen (Uronen, 88), Xoskonen, Ivanov, Teylor (Chellman, 77), Kamara, Kayrinen, Xokans, Pukki (Forss, 77), Poxyanpalo.
Qozog‘iston – Shatskiy, Kairov (Skvorsov, 85), Bistrov (Yerlanov, 88), Marochkin, Alip, Vorogovskiy, Beysebekov (Kuat, 55), Tagibergen (Tapalov, 86), Baxtiyor Zaynutdinov, Orazov, Samorodov (Aymbetov, 85).
Ogohlantirishlar: Marochkin (27), Ivanov (72), Samorodov (79), Kuat (81), Skvorsov (90), Orazov (90), Beysebekov (90).

Sentyabr oyida uyda Finlandiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) keyin Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiyev «SE» uchun bergan intervyusida jamoasi bosim ostida qolganini aytgandi: «O‘ylaymanki, barcha biz endi boshqa darajaga chiqqanimiz va turnir jadvali yetakchilari qatorida qolishimiz mumkinligini tushunib turibdi. Bu yigitlarni ham ma’lum ma’noda cheklab qo‘ydi. Biz yomon o‘ynadik demayman, ammo finnlarga qarshi muhim o‘yinda o‘z salohiyatimizni namoyish eta olmadik».

U jamoasi keyingi turlarda Kopenhagen va Helsinkida bo‘ladigan o‘yinlarda ochkosiz qaytishga haqli emasligini ta’kidlagandi. O‘tgan turda Daniyada mag‘lubiyatga uchralgani tufayli endi to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkoniyat faqat Finlandiya poytaxtida g‘alaba qozonish orqali saqlanib qolardi. 

Finlandiya ham oktyabrdagi oldingi turda o‘z uyida Sloveniyaga yutqazgandi. Shunday ekan, ikki jamoa ham o‘zaro uchrashuvga bir xil holat va kayfiyatda yetib keldi — ikki jamoa ham ikki raqobatchini to‘rt ochko oldinga o‘tkazib yuborgandi. Bu o‘yinda hech kimga durang kerak emasdi, yutqazgan tomon esa, katta ehtimol bilan final bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotardi.

Finnlar o‘yinni mezbonlarga xos tarzda boshladi. To‘pga egalik qilishdi va raqibni jarima maydoni ichiga qamay boshladi. Adiyev Kopenhagenda mag‘lub bo‘lgan jamoa tarkibini deyarli o‘zgartirmagandi. Sxemani ham. Odatdagi kabi uch markaziy himoyachi bilan o‘yin boshlandi va finnlar bunga tayyor edi. 13-daqiqada ularda gol urish uchun ilk imkoniyat yuzaga keldi. Pukkining zarbasidan keyin burchak to‘pi ishlandi — to‘p o‘yinga kiritildi va Poxyanpaloga yetkazib berildi. Hujumchi qaychi uslubida yo‘llagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi.