Yoz oyida Koreyada bölib ötgan “Koreya xalqaro ixtiroçi ayollar körgazmasi" (KIWIE 2023) da ham 10 nafar özbekistonlik olima ayollar iştirok etişdi. Ularning 7 nafari sovrindorlar qatoridan joy olişdi. Uşbu körgazma Koreya ixtiroçi ayollari assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk taşkiloti tomonidan taşkil etilgan bölib, unda 40 dan ziyod davlatlardan 400 nafardan ortiq olima, ixtiroçi va tadbirkor xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yönalişlari böyiça öz ixtirolari hamda innovatsion işlanmalari bilan qatnaşişgan.
Özbekiston delegatsiyasidagi olimalar ham turli sohalarda öz işlarini namoyiş qilişgan. Mamlakatimizdan borgan vakillar uçun ajratilgan maydonda eng köp xorijliklarni jalb eta olgan inson esa tibbiyot fanlari doktori, professor Guli Şayxova. U öz ilmiy işlari bilan oltin medalni qölga kiritdi va bu Özbekiston olima ayollari uçun tarixiy natijadir.

Professor ayol qonni tozalaş va inson tanasiga energiya bera oliş xususiyatiga ega, immunitetni oşiruvçi, virusli va nafas oliş kasalliklari bilan kuraşişda faol yordam bera oladigan, qondagi qand miqdorini pasaytirişga kömaklaşuvçi, erkak va ayollar bepuştligini davolaşda hamda jigarni tozalaşda faol iştirok etuvçi, oşqozon-içak trakti (ovqat hazm qiliş tizimi) faoliyatini yaxşilaydigan mahsulotlarning taqdimotini ötkazganligi uçun xalqaro ekspertlar tomonidan olqişlandi. Koreya, Tayvan, Eron, Pokiston, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan iştirokçilarni ham qiziqtira olgan mahsulotlarning birinçisi: “Igneus”. Olimaning aytişiça, faqatgina tabiiy giyohlarning aralaşmasidan taşkil topgan bu mahsulotni muntazam ravişda iste’mol qiladigan insonda barça tana a’zolari özining maksimal darajadagi faolligini körsatadi. Bir neça oy davomida tinimsiz ötkazilgan ilmiy izlanişlar va sinovlar natijasida uşbu mahsulot giperkolesterolemiya, işemiya, tromboz, koagulyatsiya, ateroskleroz va tomirlarning spazmi kabi yurak-qon tomir tizimining xavfli kasalliklarini oldini olişga yordam berişi isbotlangan. Gastrit, oşqozon va ön ikki barmoqli içak yarasi, fermentopotiya va buzilgan peristaltika kabi surunkali ovqat hazm qiliş muammolari, şuningdek, hemoroid va kolit kabi surunkali kasalliklardan aziyat çekayotgan bemorlarda ham sinalgan Igneus, samarali natija bergan. 100 foiz tabiiy biologik tarkib, AMK, fermentlar, vitaminlar va minerallarga ega bölgan mahsulot tanani yoşartirişga ham yordam beradi.
Olima ayolning aytişiça, u bir neça marta ilmiy tekşiruvlar ötkazganidan keyingina, bemorlarda sinovdan ötkazib, haqiqatda foydali ekanligini aniqlangan “NUMA” kompaniyasining vitamin D3 mahsulotini ham Koreyaga olib borgan. Xalqaro maydonda xorijlik fan olimlarini ham qiziqtira olgan bu tabiiy vosita immunitet tizimini rağbatlantiradi, saraton kasalligining oldini oladi. Suyak va böğimlarni mustahkamlaydi, energiyani oşiradi, osteoxondroz va artritga yordam beradi, tişlarni mustahkamlaydi, qonning kalsiy va fosforini sörilişini yaxşilaydi.









