
Ğazo sektoridagi falastinliklar Isroil armiyasining HAMASga qarşi boşlaşi kutilayotgan quruqlik amaliyotidan qoçiş umidida ötgan hafta oxiridan buyon Misr bilan çegaradagi Rafah nazorat-ötkaziş punktida kutişmoqda.
Amerika naşrlari u Ğazodagi qöşfuqarolikka ega şaxslar çiqişi va qarama-qarşi yönalişda insonparvarlik yordami yuboriş uçun oçilişi haqida xabar qilişgan, ammo hozirgaça bu röy bermayapti.
Ötgan hafta şanba kunidan buyon ötkaziş punkti istalgan vaqtda qisqa muddatga oçilişi mumkinligi haqida muntazam xabarlar tarqalib turibdi, Ğazodagi xorijliklar va ikki mamlakat fuqaroligiga ega odamlar tayyor turişga çaqirilmoqda.
Ammo 17 oktyabr kuniga kelib ham u hamon yopiqligiça qolmoqda.
Rafah nazorat-ötkaziş punkti özi nima?

Bu Ğazo sektorining eng janubiy qismida joylaşgan bölib, bu yerdan Misrning Sinay yarimoroliga ötiş mumkin.
Rafah nazorat-ötkaziş punkti – Ğazodagi Isroil tomonidan nazorat qilinmaydigan yagona çegara-ötkaziş punkti hisoblanadi. Uning xavfsizligi va kiriş rejimini bir tomondan misrlik çegaraçilar, ikkinçi tomondan HAMAS kuçlari amalga oşiradi.
Ğazo sektoridan çiqişda yana ikkita nazorat-ötkaziş punkti mavjud: şimolda Isroil bilan çegaradagi Erez piyoda nazorat-ötkaziş punkti hamda Isroil, Ğazo va Misr çegaralari kesişgan joydagi Kerem Şalom NÖP, undan yuk transporti ötkaziş uçun foydalaniladi.
Hozirda ular ham yopilgan.
Rafah punktining hozirgi ahamiyati nimada?

Foto: ANADOLU AGENCY
Ğazo sektorini boşqaradigan HAMAS guruhi a’zolari 7 oktyabr kuni Isroil janubiga misli körilmagan hujum doirasida anklav şimolidagi Erez nazorat-ötkaziş punktiga ham bosqin uyuştirgandi.












