“Körsatilgan xizmatlar böyiça turoperatorlarga qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytariş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 maydan boşlab 2024 yil 1 iyulga qadar tajriba tariqasida turoperator xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga xizmatlar körsatişni nazarda tutuvçi turpaketlar (joylaştiriş, avtomobil yoki temir yöl transporti, ekskursiya va ovqatlaniş böyiça xizmatlar qamrab olingan) böyiça çet ellik hamkorlariga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada körsatilgan qöşilgan qiymat soliğining 20 foiz miqdoridagi mablağlar respublika budjetidan subsidiya sifatida qaytariladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi körsatilgan xizmatlar böyiça turoperatorlarga qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytariş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlanadi:
- körsatilgan xizmatlar böyiça qöşilgan qiymat soliğining bir qismini turoperatorlarga qaytariş tartibi;
- körsatilgan xizmatlar böyiça turoperatorlarga qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytariş yoki qaytarişni rad etiş uçun asoslar;
- körsatilgan xizmatlar böyiça turoperatorlarga qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytarişda soliq organlari va ğaznaçilik organlarining özaro hamkorligi tartibi.
Belgilanişiça, turoperatorlarga körsatilgan xizmatlar uçun xizmatlar körsatilganligini tasdiqlovçi hujjatlar asosida qöşilgan qiymat soliğining 20 foizini qaytariş xizmatlar körsatilgan oydan keyingi oyning yigirma beşinçi kunidan keyin amalga oşiriladi.







