Rasmiy ma’lumotlarga köra, er va xotin munosabatlariga uçinçi şaxslarning aralaşuvi ajrimlarning eng köp uçrayotgan sabablaridan biri hisoblanadi. Kun.uz'ning “Boriça” podkasti mehmoni bölgan ruhşunoslar bu uçinçi şaxs köp holatlarda qaynonalar bölayotgani haqida söz yuritdi.

Psixolog Şoira Isoqovaning aytişiça, kelin va qaynonaning kelişmovçiligi ulardagi jismoniy-gormonal holatlar bilan ham boğliq. Aksariyat qaynonalar öğlini uylantirayotganida örta yoş inqirozi yoki klimaks davrini boşdan keçirayotgan böladi. Qiz esa yigirma yoşlar atrofida. Tabiiyki, ikki xil psixologiya töqnaşuvi yuz beradi.

“Kelin – yoş, mutlaqo boşqa oila, boşqa qadriyatlar tizimidan bu xonadonga tuşganda, klimaks davrini boşdan keçirayotgan qaynona uni öziga öxşatişga harakat qiladi. Uni şundayligiça qabul qiliş kerak. Kelin ota-onasidan tarbiyani olib, şaxs sifatida şakllanib bölgan, nimagadir erişgan, nimagadir erişolmagan”, – deydi u.

Psixiatr Dilmurod Anvarov bu gormonal holatlar davrida qaynona özi xohlab-xohlamagan holda kelinga nisbatan agressiv munosabatda bölişi mumkinligini aytadi. Masalan, jahl bilan gapiriş, ovoz toni özgarişi kabi hollar ham oilaviy nizolarga sabab böladi.

“Şunday mijozlarimiz böladiki, özlari bu notöğri ekanini bilib turişadi, bundan qiynalişadi. Lekin qutulolmaydi. Öğli bilan kelinni bitta xonada uxlagani qöyişmaydi. Raşk vasvasasi – bu kasallik hisoblanadi”, – deydi mutaxassis.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2023 yilning 8 oyida qariyb 34 mingta oila ajraşib ketdi, bu oilalardagi 25 ming bola kundalik hayotini otasi yoki onasisiz davom ettirmoqda.