Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi bo‘lim nazoratchisi S.E. “I.S.” MChJ rahbariga ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berish va kelgusida uning faoliyatiga rahnamolik qilib turish evaziga joriy yilning may-iyul oylarida 400 dollar va 2 million so‘mini qo‘lga kiritib, yana 3 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda mayning fermasi tashkil etib, noqonuniy kriptovaluta ishlab chiqargan elektr tarmoqlari korxonasi xodimi ushlangandi.