Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Samanta Pauer boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Suhbat chog‘ida joriy yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan S5+1 formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 oktyabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQShning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turibdi.

Konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yo‘nalishlarda bir qator loyihalar ro‘yobga chiqarilgan va davom ettirilyapti.

Suhbat chog‘ida joriy yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan S5+1 formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025