Bugun, 27 oktyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazilgan. 

Unda boşqa masalalar qatorida Ğazo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almaşilgan.

«Biz yana bir bor barça tomonlarni tinç aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bölayotgan qurolli mojaroni töxtatişga, yeçim topiş uçun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq me’yorlaridan foydalanişga çaqiramiz», — deya yozadi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov.

7 oktyabr kuni Ğazo sektorini nazorat qiluvçi HAMAS harakati a’zolari Isroilning çegaradoş hududlariga hujum qilganidan keyin, isroillik harbiylar bunga javoban sektor hududini öqqa tutib kelmoqda. Aviazarbalar natijasida minglab tinç aholi vakillari ham halok bölgan.

Ayni vaqtda sektorda gumanitar inqiroz çuqurlaşmoqda, hudud töliq blokada qilingan, Isroil armiyasi esa sektor hududida quruqlik amaliyoti ötkazişga tayyorlanmoqda.

Özbekiston TIV 9 oktyabr kuni ham mazkur mojaro böyiça bayonot berib, kuraşayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarşilikni tez fursatlarda tugatiş va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qiliş uçun barça çoralarni körişga çaqirgandi.