Senatning qirq oltinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xöjaligini yuritiş uçun ajratiladigan yer uçastkalarining ölçamini oşirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Mazkur qonun bilan “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonunga hamda Yer kodeksiga özgartirişlar va qöşimça kiritilmoqda.

Xususan, qonunda Qoraqalpoğiston Respublikasida çorva ozuqasi ekinlarini yetiştiriş maqsadida dehqon xöjaligini yuritiş uçun 0,06 gektardan 5 gektargaça yer ajratib berilişi belgilanyapti. Bu qolgan hududlarga nisbatan 5 marta köp.
Senatorlar tomonidan uşbu qonun muhokamasi jarayonida Qoraqalpoğiston Respublikasida çorvaçilik mahsulotlari yetiştiruvçilarni qöllab-quvvatlaşga va mazkur sohada mahsulot işlab çiqarişning barqaror ösişini ta’minlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.














