AQSh vitse-prezidenti: Vashington Isroil yoki G‘azoga qo‘shin yuborish niyatida emas
Kamala Xarris Isroilning «o‘zini himoya qilish huquqi» borligini ta’kidladi, ammo «HAMAS va Falastinni chalkashtirmaslik kerak», dedi.
Qo‘shma Shtatlar Isroil yoki G‘azo sektoriga qo‘shin jo‘natish niyatida emas. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vitse-prezident Isroilning «o‘zini himoya qilish huquqi» borligini ta’kidladi, ammo «HAMAS va falastinliklarni chalkashtirmaslik kerak», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar ham isroilliklar kabi xavfsizlik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash va hurmat qilish huquqiga ega.
Xarris Isroil-Falastin mojarosida urush qoidalarini hurmat qilish zarurligi haqida ham gapirdi.
Vitse-prezident Eronni bu masalaga aralashmaslikka chaqirdi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok bo‘ldi.
Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
BMT Bosh assambleyasi zudlik bilan humanitar otashkesimga chaqirdi. Shu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyutsiya uchun 120 davlat ovoz berdi. Biroq Isroil bu taklifni rad etdi.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
07:53 / 26.11.2024