«Tartibsizliklarning 150 dan ortiq faol iştirokçilari aniqlanib, ulardan 60 nafari uşlandi hamda qöşimça tergov ötkaziş uçun içki işlar organlariga olib ketildi. Qonunga zid harakatlar natijasida 9 nafar militsiya xodimi tan jarohati olgan, ulardan ikki nafari şifoxonada», — deyiladi boşqarma xabarida.

29 oktyabr oqşomida Tel-Avivdan Mahaçqal’aga Red Wings aviakompaniyasining muntazam reysi yetib kelişidan biroz oldin aeroportga bir neça yuz kişi yiğildi. Axborot agentligi suratlarida ularning ba’zilari Falastin bayroqlarini hilpiratganini köriş mumkin. OAV va Telegram-kanallari xabarlariga köra, olomon uçiş-qöniş yölagiga bostirib kirgan. Yiğilganlar aeroportdan çiqayotgan maşinalarni töxtatgan, u yerdagilarning pasportlari ruxsatsiz tekşirilgan.

Politsiya darhol tartibni tiklay olmadi. Doğiston Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, tartibsizliklar natijasida 20 kişi, jumladan, politsiya xodimlari ham jabrlangan. 

Mahaçqal’a aeroporti faoliyati 6 noyabrga qadar töxtatildi. 30 oktyabrga ötar keçasi Rossiya gvardiyasining maxsus bölinmalari Mahaçqal’aga yetib keldi. Tergov qömitasining Doğiston böyiça departamenti ommaviy tartibsizliklar fakti böyiça jinoiy iş qözğatdi. Ayni paytda Isroil rasmiylari Moskvani Rossiya hududidagi yahudiy isroilliklarning xavfsizligini ta’minlaşga çaqirdi. 

«Doğiston hukumati uçun keça-yu kunduzlik iş tartibi e’lon qilindi», — dedi respublika hukumati rahbari Abdumuslim Abdumuslimov 29 oktyabr, yakşanba kuni keçqurun Mahaçqal’a aeroportidagi tartibsizliklar tufayli taşkil etilgan tezkor ştab işini oçar ekan.

«Biz Falastin aholisiga har tomonlama hamdardmiz va fuqarolarimizning his-tuyğularini tuşunamiz. Lekin vahima tarqatib bölmaydi. Doğistonliklar azaldan muvozanatli va adolatli odamlardir. Biz respublikadagi vaziyatning izdan çiqişiga yöl qöymaymiz», deb ta’kidladi u sönggi voqealarni şarhlar ekan. 

Keyinroq Doğiston hukumati matbuot xizmati respublika şahar va tumanlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilganini ma’lum qildi. Ular «tekşiruv va tiklaş tadbirlari ötkazilgandan söng yaqin kunlarda» Mahaçqal’a aeroporti faoliyatini tiklaşga va’da berdi. «Hozirda vaziyat Doğiston Respublikasi rahbari Sergey Melikov va barça darajadagi hokimiyatlar nazoratida», — deyiladi xabarda.