Özbekistonda yil boşidan buyon 3,5 milliard kWh elektrdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Bu haqda energetika sohasi böyiça prezident ötkazgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Misol uçun, Navoiy viloyati Karmanadagi qurilişi yakunlanmagan binoda 452 ta mayning qurilmasi örnatilgani oqibatida 10 oy davomida qariyb 5,5 million kWh elektrdan noqonuniy foydalanilgan.
Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boşliği, içki işlar, elektr tarmoqlari rahbarlari 10 oyda hududda şunça elektrdan öğirlikni payqamagani, tumanda oylik iste’mol birdaniga 5 foizga oşganini tahlil qilmagani tanqid qilindi.
Bu rahbarlarning barçasi işdan olinişi belgilandi, Boş prokuraturaga ularning harakatiga baho berib, qonun ustuvorligini ta’minlaş topşirildi.

Mutasaddilarga öğirliklar eng yuqori bölgan hududlarda noqonuniy iste’molga sabab bölayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf qiliş böyiça tizim yaratiş vazifasi qöyildi.
Oktyabr oyida Karmana tumanida davlatga 24,4 mlrd söm zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlangani xabar qilingandi.
Karmana tumaniga köp yillardan buyon Faxriddin Umarov rahbarlik qilib kelmoqda.








