Prezidentning tegişli farmoni bilan Timur Işmetov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, Abduqodir Toşqulov prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi va Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi.
Abduqodir Toşqulov Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri lavozimida 2021 yil yanvar oyidan buyon, Temur Işmetov esa Moliya vaziri lavozimida 2020 yil fevral oyidan buyon işlab kelayotgandi.
Oldinroq Taşqi işlar vaziri Vladimir Norov lavozimidan ozod etilib, uning örniga şu paytga qadar Xalq ta’limi vaziri lavozimida işlab kelayotgan Baxtiyor Saidov tayinlangandi.












