Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston bilan birgalikda 2031 yilgi Osiyo kubogini ötkazmoqçi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 yilda Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri bölgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni körib çiqişni boşlagan. Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston futbol uyuşmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada ötkazişga işonç bildirgan holda, öz qöşma nomzodini ilgari surgan.
«Bugungi kunda qöşni mamlakatlar bilan birga Özbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilişga har tomonlama tayyor. Toşkent, Namangan, Farğona, Qarşi kabi şaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravişda tartibga keltirildi. Qöşimça ravişda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, futzal böyiça Jahon çempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini ötadi. Markaziy Osiyo har doimgidek özining mehmondöstligi, professional yondaşuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo e’tiborini qozonişga tayyor», deyiladi xabarda.
24 fevral holatiga 2031 yilgi Osiyo kubogini ötkaziş uçun BAA, Indoneziya va Kuvayt ham alohida ariza topşirgan.
2031 yilgi Osiyo kubogi 20-marta ötkaziladi, turnirda 24 ta terma jamoa iştirok etadi. OFK tomonidan 1956 yildan buyon ötkazib kelinayotgan turnir tört yilda bir marta taşkil qilinadi. 2023 yilda musobaqa Qatarda ötkazildi. 2027 yilda turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi.
Bunga qadar Özbekiston OFK boş turniriga mezbonlik qilmagan.













