1 noyabr kuni Xalq deputatlari Asaka tumani Kengaşining sessiyasi bölib ötdi.

Davlat maslahatçisining birinçi örinbosari va Andijon viloyati hokimi iştirokidagi sessiyada tuman hokimi lavozimiga nomzodni tasdiqlaş masalasi körib çiqildi. 

Tuman deputatlari Nasibullo Nabiyeviç Möminov nomzodini Asaka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlaşdi. 

Nasibullo Möminov 1983 yilda Andijon tumanida tuğilgan. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida ta’lim, quriliş va hokimlik tizimlarida öqituvçi, bölim va boşqarma boşliği, rahbar örinbosari hamda rahbar lavozimlarida işlagan. 

2022 yil fevralidan buyon Andijon viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2022 yil oktyabr oyidan buyon Asaka tumanini boşqarib kelgan Bekzod Ummatov 2023 yil oktyabr oyida viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov tomonidan işdan olingandi.