Rossiyaning FlySeeAgro boş direktori Vasiliy Ptitsin va Özbekistonning «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) direksiyasi rahbari Habib Abdullayev «Özbekiston Respublikasida uçuvçisiz aviatsiya tizimlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş» haqidagi 5 yillik investitsiya dasturini amalga oşiriş böyiça memorandumni imzoladi. Bu haqda FlySeeAgro xabar berdi.
Qayd qilinişiça, dasturning beş yillik muddatdagi umumiy qiymati 80 million dollarni taşkil etadi. Memorandum doirasida tomonlar loyihaning yöl xaritasini işlab çiqiş, sarmoyalarni jalb qiliş böyiça boş rejani yaratiş, işlab çiqariş masalalarida kömaklaşiş böyiça işçi komissiya tuziş böyiça kelişuvga erişgan.
FlySeeAgro kompaniyasi qişloq xöjaligi uçun möljallangan dronlarni işlab çiqariş, entomofaglar (yirtqiç haşarotlar) yordamida ösimliklarni biologik himoya qiliş bilan şuğullanadi va özini Rossiyada dronlarni inson faoliyatining turli sohalariga integratsiyalaş sohasida yetakçi kompaniya sifatida körsatadi. Agrobiznesni rivojlantiriş böyiça 5 yillik tajribaga ega ekanini ta’kidlaydi.
Dastur Özbekistonda malakali kadrlar tayyorlaş, zavod va loyihaga jalb qilingan Özbekiston sanoat korxonalarini boşqariş tizimini yaratişni nazarda tutadi. Dasturda iştirok etiş uçun Rossiyadan mutaxassislar jalb qilinişi aytilmoqda.
Özbekistonning qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun dronlarni yaratiş, işlab çiqariş va yetkazib beriş hamda ularni taşqi bozorlarga, jumladan, Rossiyaga eksport qiliş dasturning ustuvor yönalişlari ekani ta’kidlangan.








