Sönggi bir neça kun davomida Ğazo sektoridagi quruqlik amaliyotini kengaytirgan Isroil mudofaa kuçlari 2 noyabrga kelib Ğazo şahrini qurşab olganini e’lon qildi.

«Biz uruşning yana bir muhim bosqiçiga ötdik. Bizning kuçlarimiz Ğazo şimolining qoq markazida bölib, Ğazo şahrini örab olib, muvaffaqqiyatga erişmoqda», — dedi Isroil mudofaa kuçlari boş ştabi boşliği Gerzi Halevi.

«HAMASning har bir a’zosi — özini murda deb öylayversin», — degandi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu uşbu harakat a’zolari mamlakat hududiga misli körilmagan hujumni amalga oşirib, 1400 dan ortiq kişini öldirganidan keyin. Keyinroq u «terror maşinasi» va HAMASning siyosiy tuzilmasi demontaj qilinişiga va’da berdi.

Isroil Ğazo sektorida quruqlik amaliyotini aynan şu maqsadlarga erişiş uçun kengaytirayotganini ma’lum qilgan. Şuningdek, isroilliklar HAMASni töliq mağlub etganidan keyin Ğazo sektoridan butunlay ketişini aytişmoqda. Masalan, mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil «yangi xavfsizlik rejimi»ni ta’minlaşi kerakligi, ammo Ğazodagi odamlarning kundalik hayoti uçun mas’uliyatni zimmasidan soqit qilmoqçiligini aytgan.

Agar «Temir qiliçlar» amaliyotining maqsadi aynan şunday bölsa, bu Isroilning Ğazodagi avvalgi amaliyotlaridagiga qaraganda ança yuqori ambitsiyalarni körsatadi va bunga erişiş uçun oylar talab etilişi mumkin. Ammo bunday maqsad reallikdan kelib çiqib qöyilganmi va harbiy qömondonlik bunga erişişni ta’minlay oladimi?

Ğazo sektoriga bostirib kiriş öz-özidan binolar ziç joylaşgan şahar köçalaridagi janglar va sektorning ikki milliondan ortiq tinç aholisi hayoti uçun ulkan xavfni anglatadi. HAMAS nazoratidagi Ğazo rasmiylari şu vaqtgaça yöllangan aviazarbalar orqali allaqaçon 9 mingga yaqin kişi halok bölgani, yana yuz minglab kişilar öz uylarini tark etişga majbur bölganini bildirgan.

Bundan taşqari, Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) qarşisida Ğazo sektorining noma’lum çekkalarida uşlab turilgan 240 dan ortiq kişini qutqariş böyiça qöşimça va öta murakkab vazifa ham turibdi.

«Men Isroil HAMASning har bir a’zosini yöq qila oladi deb öylamayman, çunki bu radikal islom ğoyasining özini yöq qiliş deganidir, — deydi Isroil armiyasi radiosi vakili bölgan harbiy tahlilçi Amir Bar Şalom. — Ammo uni barça operatsion imkoniyatlaridan mahrum qiliş darajasida zaiflaştiriş mumkin».

Yahyo Sinvar HAMASning Ğazodagi siyosiy rahbari hisoblanadi. U öz vaqtida isroillik askar Gilad Şalit bilan almaşuv doirasida Isroil qamoqxonasidan ozod etilgandi. Foto: Getty Images