Osiyo futbol konfederatsiyasi “AFC Nations League” (OFK Millatlar Ligasi) musobaqasini joriy etiş rejasini ma’lum qildi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasining bildirişiça, yangi turnir Osiyo mamlakatlari uçun xalqaro uçraşuvlar tizimini yanada tartibli va barqaror qilişga qaratilgan.

“Mazkur musobaqa FIFA kunlarida terma jamoalar uçun muntazam va mazmunli öyinlar taşkil etilişiga xizmat qiladi. Bu orqali raqib topişdagi qiyinçiliklar, logistika muammolari va yuqori xarajatlar sezilarli darajada kamaytirilişi közda tutilmoqda.

OFK Millatlar Ligasi jamoalar darajasiga mos raqobat muhitini yaratib, sport tamoyillariga asoslangan muvozanatni ta’minlaşni maqsad qilgan. Şu bilan birga, turnir milliy terma jamoalar uçun aniq rivojlaniş va bosqiçma-bosqiç ösiş yölini belgilab beradi”, deyiladi ÖFA xabarida.

Musobaqaning formati, amalga oşiriş bosqiçlari va aniq muddatlari OFK qömitalari muhokamalardan söng rasman e’lon qilinişi aytilmoqda.