Moskva viloyati, Mitişçi tumanidagi «Lipki-Alekseyevskoye» turar-joy majmuasi «Dom.rf» auksionida sotib yuborildi. Ötgan asrning 30-yillarida Iosif Stalin tomonidan dala hovli sifatida foydalanilgan mulk 403,5 million rublga (qariyb 53 mlrd söm) sotilgan.
Qayd qilinişiça, obektni Krasnodar ölkasining «Konsalting i pravo» firmasi sotib olgan. 2022 yil oxirida kompaniyaning daromadi 23 ming rublni, sof zarari 101 ming rublni taşkil etgani aytilmoqda.
«Lipki-Alekseyevskoye» (yoki «Prilipki») turar-joy majmuasi 38 gektar maydonda joylaşgan. Binoning umumiy maydoni qariyb 4 ming kv.m. Mulk mintaqa miqyosidagi madaniy meros obekti hisoblanadi. Uning yangi egasi restavratsiya işlarini bajarişi, saqlaş va işlatiş böyiça qonuniy talablarga rioya qilişi şart.

«Prilipki» mulki XIX asrda savdogar va keyinçalik Moskva meriyasi amaldori Aleksandr Alekseyev tomonidan qurilgan. 1907 yilda yangi egasi, fabrikaçi Ruperti tomonidan me’mor Ivan Joltovskiy loyihasiga köra, neoklassik uslubda yangi bino qurilgan. U hozirgi kungaça saqlanib qolgan.
1917 yildan keyin mulk davlat tomonidan musodara qilindi. Stalin undan dala hovlisi sifatida foydalandi. Söngra köp yillar davomida davlat dala hovlisi sifatida işlatilgan va yopiq obekt bölgan. 1989 yilda u yerda oğir kasalliklarga çalingan bolalar uçun reabilitatsiya markazi oçildi.
2004 yilda bino rekonstruksiya qiliş uçun yopildi. Rekonstruksiyadan keyin Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi tasarrufiga ötkazildi. Söngra uy-joy qurilişini rivojlantiriş böyiça hukumat komissiyasi qarori bilan «Dom.rf» boşqaruviga ötkazildi.








