Jamoa a’zolari (suratda chapdan o‘ngga):

Abdunayim Abdushukurov - tarixchi;

Alisher Orifjonov - turizm mutaxassisi;

Otabek Hamzayev - shifokor (jamoa sardori);

Shohzodbek Bektursunov - faylasuf;

Shohrux Jo‘rayev - O‘zDJTU doktoranti;

Yoqubjon Xolmatov - “Wisdom” xususiy maktabi direktori.

O‘yinni suratga olish jarayonidan lavhalar

Otabek Hamzayev jamoasi 2023 yilning kuzgi mavsumi beshinchi o‘yinida ishtirok etadi.

1-raundda fransuz yozuvchisi Ekzyuperi karvonni dushman pistirmasidan ko‘ra “so‘ngan yulduzlar” halokatga olib keladi, deganida “so‘ngan yulduzlar” deb nimani nazarda tutgani haqida savol o‘ynaldi. Jamoa o‘yinga kirishib ulgurmagani muhokamada sezildi va hisob teletomoshabinlar foydasiga ochildi – 0:1.

2-raund savolida AQSh qamoqxonalarida chekish taqiqlangan davrlarda mahbuslar sigaret o‘rniga nimadan pul sifatida foydalangani so‘raldi. Ushbu savolda jamoa har qancha urinsa ham to‘g‘ri javobga yaqinlasha olmadi. Hisob – 0:2.

Jamoa a’zosi Abdunayim Abdushukurov

3-raundda Balzak “Gorio ota” romanida nimaga nisbatan “u qalbning o‘zginasidir, u gapirmoqchi bo‘lgan gapingizning aks sadosidir” deya ta’riflagan narsa nimaligi so‘raldi. Muhokama davomida jamoa to‘g‘ri javobga yetib bora olmadi va teletomoshabinlar yirik hisobda oldinga chiqib oldi. Hisob – 0:3.