Umra ziyoratini amalga oshirish uchun litsenziyalangan turlar nimani anglatadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.2023 sanasidagi 345-sonli «Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, turistik kompaniyalar tomonidan xorijda ziyoratchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishini ta’minlash maqsadida yangi lisenzion talablar va shartlar joriy qilinmoqda.
Ushbu qadam tashkilotlarga bunday sayohatlarni tashkillashtirish uchun yangi istiqbollarni ochadi hamda kompaniyalarga sayyohlarga faqatgina xavfsiz va qulay sharoitlarda ma’naviy rivojlanishga mo‘ljallangan noyob sayohatlarni taklif qilish imkonini beradi.

Hozirda qanday turistik to‘plamlar bor va ularni qayerdan xarid qilgan xavfsizroq?
Har bir xohlovchi Umra ziyoratini amalga oshirish uchun kompleks turistik to‘plamlarni Asialuxe Travel kompaniyasining Samarqand, Farg‘ona, Qo‘qon, Shahrisabz va Toshkent shaharlarida joylashgan sotuv ofislarida xarid qilishi mumkin. Shuningdek, milliy turoperator butun respublika bo‘ylab manfaatdor hamkorlar va turistik agentliklarni ziyorat xizmatlari sohasida hamkorlik qilishga taklif qiladi.
Qanday afzalliklar bor va to‘plam narxiga nimalar kiradi?
Kompaniya xizmat ko‘rsatish sifati va safar ishtirokchilarining qulayligiga e’tibor qaratadi. Guruhlar Jiddaga jo‘nab ketishda Toshkent aeroportidan boshlab kompaniya vakillari hamda Saudiya Arabistonida turizm va din sohasida chuqur bilimga ega tajribali ellikboshilar tomonidan kuzatib boriladi. Bu qatnashchilarga sayohatdan maksimal darajada foyda olish va mamnun bo‘lib qolishni kafolatlaydi.

Ziyoratchilarga brendlangan maxsus kiyim, tarqatma materiallar, sumka va boshqa narsalar taqdim etiladi. Sayyohlar yashaydigan barcha mehmonxonalar Makka va Madinaning diqqatga sazovor joylari hamda bosh masjidlarga yaqin joyda joylashgan.
Shuningdek, to‘plam narxiga Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways kompaniyasining qulay avialaynerlarida uchish, transfer, issiq taom va tibbiy sug‘urta ham kiradi.

















