Avtobuslar uçun ajratilgan yölaklardagi önlab kameralar işlamayapti. Parkomatlar loyihasi loyihaligiça qolib ketyapti. Köp qavatli avtoturargohlar quriş böyiça qaror ijrosi esa boşi berk köçaga kirib qolgan.
2 noyabr kuni Transport vazirligi va “Toşşahartransxizmat” mas’ullari iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi. Unda Kun.uz muxbiri poytaxtdagi jamoat transportiga doir bir neçta masalalar yuzasidan rasmiylardan izoh söradi.
Avtobus uçun ajratilgan bölaklardagi kameralar nima böldi?
Şu yil boşida Toşkent şahrida harakatlanuvçi avtobuslarga prioritet beriş uçun köçalarga maxsus yölaklar taşkil qilinib, bu yölaklardan qoidaga xilof ravişda yuradigan haydovçilarni jarimaga tortiş uçun jami 55 ta videokamera örnatilgandi.
360 gradusli kameralar qoidabuzarliklarni qayd qilib, tizimga yuborişi, içki işlar xodimlari bularni körib çiqib, haqiqatan qoidabuzarlik sodir etganlarni jarimaga tortişi aytilgandi.
Ammo qariyb bir yil ötyaptiki, bu videokameralar töliq işlayotgani yöq. Şu sababli maxsus yölaklarda avtomobillarning bemalol harakatlanayotgani va hatto bu holat avtobuslar iştirokida YTHlarga sabab bölayotgani ham kuzatilmoqda.
Bu haqdagi savolga javoban, “Toşşahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qiliş bölimi boşliği Murod Musaxöjayev kameralar ma’lum muddat işlamagani va jarima yozmaganini tasdiqladi.
“55 ta kuzatuv kameralari örnatilgan edi. Jamoat xavfsizligi bölimi hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda bu kameralarni test rejimidan işlaş jarayoniga ötkazdik. Jarimalar belgilanmadi, qöpol qilib aytganda, u kameralar yangisiga özgartirib borilmoqda. Jarayonni fiksatsiya qiladigan, ya’ni öşa belgilangan “A” maxsus yölaklarda töxtab turgan, yöl belgisiga amal qilmayotgan haydovçilarga jarima soliş kameralariga özgartirilib, şu keça-kunduzda bu işlar amalga oşirilmoqda”, – dedi u.
Ta’kidlanişiça, yil boşida örnatilgan kameralar bilan işlaş “murakkab bölgani uçun” ularni özgartirişga qaror qilingan.







