«Tottenhem» – «Çelsi» 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 6 Kulusevski, 1:1 – 35, penalti Palmer, 1:2 – 75 Jyekson, 1:3 – 90 Jyekson, 1:4 – 90 Jyekson.
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Romero, van de Ven (Heyberg, 45), Udodji, Meddison (Emerson, 45), Bissuma, Kulusevski (Skipp, 61), Sarr (Bentankur, 61), Son Xin Min, Jonson (Dayyer, 34).
«Çelsi» – Sançes, Jyeyms (Gyusto, 77), Tiago Silva, Disasi, Koluill (Kukurelya, 46), Gallaher, Fernandes (Mudrik, 58), Palmer, Kaysedo, Sterling (Ugoçukvu, 90), Jyekson.
Ogohlantirişlar: Udodji (18), Jyekson (45), Sarr (45), Koluill (45), Gyusto (86), Mudrik (89), Ugoçukvu (90).
Çetlatişlar: Romero (33), Udodji (55).

APLning 2- va 13-örinlaridagi jamoalari uçraşuvi — u qadar intrigali bölib körinmaydi. Angelos Posteköğli boşçiligida yangi davrga kirgan «Tottenhem» — duşanba kuni oqşomiga kelib APLning mağlubiyatsiz davom etayotgan yagona jamoasi sifatida qolayotgandi. Bu jamoa uçun 62 yildagi eng yaxşi start edi — dastlabki 10 turda sakkiz ğalaba va ikki durang, «şporlar» hatto Maurisio Poçettino davrida ham bunday yorqin start qayd eta olmagandi.

Öz navbatida, argentinalik mutaxassis boşçiligidagi «Çelsi» ham yangi davrda, ammo bu mavsum starti u qadar köngildagidek keçmadi, 11-tur arafasida jamoaning mağlubiyatlari soni (4) ğalabalar sonidan (3) köproq edi. Lekin turnir jadvalidagi örinlariga qaramay jamoalar öta şiddatli, kuraşlar, voqealar va videotakrorlarga boy öyin namoyiş etib berişdi. 

Ilk daqiqalardanoq ikki tomon ham hujumga taşlandi. «Tottenhem» esa APLda yetakçilik uçun kuraşayotgan jamoa ekanini namoyiş etdi va mehmonlarni tezkor gol bilan siyladi. Oltinçi daqiqada Meddison Sarrga bitta uzatma bilan raqibning yarimhimoya çiziğini öyindan uzib qöydi.

Senegallik yarimhimoyaçi Kuluşevskini töp bilan ta’minladi, uning zarbasi esa Kolvillning beli orqali rikoşet bölib borib Sançesni doğda qoldirdi. Maydon markazidagi bunday xato mudofaadagi omadsizlik bilan qorişib, hisob oçildi.

Keyin esa mezbonlar töpni autdan öyinga kiritişda xato qilişdi va faqat Vikarioning qahramonligi jamoani javob golidan qutqardi.

Yana bir neça daqiqa ötib VAR katta sahnaga çiqdi va öyin oxiriga qadar bu yerdan tuşmadi. Dastlab «Çelsi»ning omadi keldi: Jonson qanotdan Son Xin Minni töp bilan ta’minladi va koreyalik hujumçi darvozani işğol etdi. Ammo bundan oldin kiçik ofsayd röy bergandi, şu tufayli Maykl Oliver golni bekor qildi, VAR bilan uzoq maslahatlaşuvdan keyin ham hukm özgarmadi.