Qamoqdagi eronlik huquq himoyaçisi Nargis Muhammadiy özi va boşqa mahbuslarga tibbiy yordam körsatilişi taqiqlangani, şuningdek, römol öraş majburiyatiga norozilik sifatida oçlik e’lon qildi. Bu haqda Associated Press uning oilasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. 

Eron hukumati Muhammadiyni qamoqxonadan şifoxonaga ötkazişga ruxsat bermagan. Uning eri sözlariga köra, qamoqxona ma’murlari Muhammadiyni körikdan ötkazgan va ahvoli yomonlaşganini qayd qilgan şifokorning körsatmasini e’tiborsiz qoldirgan. 

6 oktyabr kuni Muhammadiy «Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarşi kuraşgani, inson huquqlari va erkinliklarini tarğib qilgani uçun» tinçlik böyiça Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. 

Nargis Muhammadiy Erondagi Inson huquqlari himoyaçilari markazi vitse-prezidenti.

2016 yilda u söz va yiğilişlar erkinligi huquqini amalga oşiriş bilan boğliq ayblovlar tufayli 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 2020 yil oktyabr oyida qamoqdan ozod qilindi. 

2021 yilda Eron hukumati uni «davlatga qarşi taşviqot» uçun 2,5 yillik qamoq va 80 darra urişga hukm qilgan edi. 

Muhammadiyning turmuş örtoği va ikki farzandi 2012 yildan beri Fransiyada istiqomat qiladi.