Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolaş marosimi oldidan sözlagan nutqida Ukraina hukumatini öt oçişni töxtatiş va muzokaralar stoliga ötirişga çaqirdi, ammo annexia qilingan hududlar maqomi muhokama qilinmasligini aytdi.

«Biz Kiyev rejimini zudlik bilan öt oçişni, barça jangovar harakatlar, 2014 yilda boşlagan uruşini töxtatişga va muzokaralar stoliga qaytişga çaqiramiz. Biz bunga tayyormiz», - dedi Putin Kremldagi Georgiy zalida bölib ötgan marosimda.

Putinning qöşimça qilişiça, özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR» hamda qisman bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiyaga qöşiliş töğrisida ötkazilgan «referendum»lardagi «xalqlar tanlovi muhokama qilinmaydi».

«Tanlov qilindi, - dedi Rossiya prezidenti. - Rossiya unga xiyonat qilmaydi». «Faqat şunday yöl bilan tinçlikka erişiş mumkin», deya qöşimça qilgan u va annexia qilingan hududlarni «barça vositalar bilan» himoya qilişni va’da qilgan.

Ukraina va Ğarb mamlakatlari «referendum»larni soxta deb atamoqda va ularni tan olmaydi.

Putinning nutqi

MIKHAIL METZEL/TASS

Putin 36 daqiqa davom etgan çiqişida «referendum»lar ötkazişni millionlab odamlarning «ajralmas huquqi» deb atadi.

Rus xalqining «tarixiy birdamligi» töğrisida söz yuritarkan, u Iso alayhissalomning toğdagi da’vati va faylasuf Ivan Ilinning sözlaridan iqtibos keltirdi, sarkardalar Suvorov va Uşakov hamda Arsen Pavlov (Motorola) va Aleksandr Zaxarçenkolarni yodga oldi. U yana bir bor Ğarb, SSSRning tarqalişi, Ukrainada 2014 yilda yuz bergan voqealar töğrisida gapirdi va Ukrainaning bosib olingan regionlari aholisi «bir umrga bizning fuqarolarimiz bölişadi» dedi. 

«Ğarb gegemoniyasi sinişining boşlanişi töxtamaydi, - dedi Putin (u bu sözni bir neça marta işlatdi). – Endi avvalgidek bölmaydi. Bu xalqimiz, ulkan tarixiy Rossiya uçun jang maydoni».