"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i o‘z mehmonlarini unumli takliflar bilan xushnud qilishda davom etadi. Bu gal O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i, Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — ADM Global bilan birga “Chery Arrizo 6 Pro sizni kutmoqda” aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bosh sovringa keng, qulay va texnologik Chery Arrizo 6 Pro avtomobili qo‘yilgan.
Korzinka Plus kartasidan (jismoniy, Korzinka mobil ilovasi yoki Korzinka Go ilovasiga biriktirilgan shakllari) foydalanib, 200 000 so‘mdan boshlab xarid amalga oshirgan "Korzinka"ning barcha mehmonlari va Korzinka Go onlayn-supermarketi foydalanuvchilari avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadilar. Chekdagi har 200 000 so‘m uchun xaridlardan so‘ng foydalanuvchilarga darhol avtomobil o‘yinida ishtirok etish uchun bir virtual kupon va 38 000dan ziyod sovrinlar o‘ynalayotgan Korzinka mobil ilovasidagi mini-o‘yinda ishtirok uchun bir imkon hisoblanadi.
Korzinka Goʼdan yangi aksiyada sovrinlar soni yanada ortdi. Bu 38 000dan ziyod vaucherlar va bepul yetkazuv uchun promokodlar, shuningdek, Chery Arrizo 6 Pro o‘yinida ishtirok etish uchun qo‘shimcha imkonlar degani. Buning uchun esa Korzinka ilovasini so‘nggi talqingacha yangilab olish zarur, chunki aynan ushbu ilovada ko‘plab sovrinli mini-o‘yinda ishtirok etish uchun imkonlar hisoblab boriladi. Chekdagi summa qancha katta bo‘lsa, orziqib kutilgan sovrinni yutish uchun imkonlar shuncha ko‘p bo‘ladi.
Mini-o‘yin sovrinlari ichida:
● 10 000 so‘m nominaldagi 7 000 vaucher;
● 15 000 so‘m nominaldagi 5 600 vaucher;
● 25 000 so‘m nominaldagi 3 500 vaucher;
● 50 000 so‘m nominaldagi 1 750 vaucher;
● 100 000 so‘m nominaldagi 210 vaucher;
● Korzinka Go orqali bepul yetkazuv uchun 20 000 promokod;
● Chery Arrizo 6 Pro o‘yinidagi ishtirok uchun qo‘shimcha kuponlar bor.
Korzinka vaucher va promokodlar o‘ynaladigan mag‘lubiyatsiz mini-o‘yin faqatgina Korzinka rasmiy mobil ilovasida o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratadi. Yutilgan barcha vaucherlarni mobil ilovaning “Aksiya va bonuslar” bo‘limida ko‘zdan kechirish mumkin.















