Senat raisi Tanzila Norboyeva Samarqand şahrida BMTning Çöllanişga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyasi bajarilişini körib çiqiş qömitasi 21-sessiyasi doirasida BMT boş kotibi örinbosari, Çöllanişga qarşi kuraş konvensiyasi ijroçi kotibi Ibrohim Tiau bilan uçraşdi.

Uçraşuvda kölami global tarzda kengayib borayotgan çöllaniş va yer degradatsiyasi, çang böronlarining oldini oliş, bioxilma-xillikni saqlab qoliş yönalişida BMT ixtisoslaşgan tuzilmalari bilan hamkorlikni kuçaytiriş masalalari körib çiqildi.

Ibrohim Tiau Özbekistonning yaşillik olamini qayta tiklaş borasidagi taşabbuslari, erişayotgan yutuqlari jiddiy ekanini, yerlar degradatsiyasining oldini oliş, yerning qayta tiklanişi böyiça mamlakat keng kölamli işlarni amalga oşirgan holda yetakçi davlatlar qatoriga kirgani, olib borgan amaliy harakatlari bilan barçaga namuna böla olganini e’tirof etdi.

Ekologik kun tartibi, atrof-muhit va iqlim özgarişi bilan boğliq masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni izçil davom ettiriş, oqibatlarni yumşatiş böyiça qöşma harakatlar va çoralarni işlab çiqiş töğrisida kelişib olindi.