Abituriyentlar uchun matematika fanidan test sinovlari har shanba kuni universitet binosida, ya’ni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasi 22A uyda bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Universitet 7-8 may kunlari Navoiy shahrida matematika bo‘yicha kirish imtihonlarini ham o‘tkazadi.

Manzil: Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti binosi, 101-xona.

Shuningdek, kelgusida kirish sinovlarini Samarqand shahrida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ko‘rsatmalarni olish uchun, BMU rasmiy saytiga kirib, uning pastki o‘ng burchagidagi «Apply Now!» tugmasini bosishingiz kerak (www.bmu-edu.uz).

Matematika imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va IELTS ≥ 5.5 (yoki unga tenglashtirilgan: TOEFL, Duolingo, Pearson) sertifikatini taqdim etgan abituriyentlarga uch hafta ichida Universitet tomonidan taklif xati (Offer Letter) yuboriladi.

BMU grantlari

Universitetning 100 foizlik granti kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan, iqtidorli abituriyentlarga beriladi. Bunda nomzod tegishli hujjatlarni taqdim etishi, insho (essay) yozishi va Grant ishlari bo‘yicha komissiya bilan suhbatdan o‘tishi kerak.

Universitetning 50 foizlik granti IELTSdan 7.0 va undan yuqori ball to‘plagan, matematika imtihonida yuqori natijalarga erishgan va Grant ishlari bo‘yicha komissiya bilan suhbatdan o‘tgan abituriyentlarga beriladi.

Grant olish uchun ariza, abituriyent barcha kirish imtihonlaridan o‘tgandan so‘ng va Universitetdan taklif xati (Offer Letter)ni olgandan so‘ng topshirilishi mumkin.