Turkiyaning Albayrak Holding kompaniyasi O‘zbekiston shaharlarida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashning avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini o‘rnatish loyihasini amalga oshirmoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlik rahbari Laziz Qudratov Albayrak Holding koordinatori Erdal Nalbant bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston shaharlarida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini muhokama qildi va «tizimni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish» zarurligini ta’kidladi.

Kompaniya O‘zbekistonda raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va mashinasozlik sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.











