Keça, 14 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning holati va istiqboli töğrisida”gi axboroti eşitildi.
Majlisda Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev ham söz olib, tizimdagi korrupsiya sabab vafot etayotgan bolalar masalasini kötardi va Amrillo Inoyatovdan şunday holatlar böyiça izoh berişni söradi.
“Vazirlik vakillari majlisga juda yaxşi tayyorlanib kelişibdi, 11 varaqli ma’lumot öqib berişdi, deputatlar nima deyişini oldindan bilişgani körinib turibdi. Javoblar uçun rahmat.
Oxirgi yillarda tibbiyotga bölgan e’tibor va sohadagi özgarişlarni heç kim inkor etolmaydi. Özim ham şifokor oilasidanman, şuning uçun buni yaxşi his qilaman. Ajratilayotgan mablağlar oşdi, tibbiyot markazlarini moddiy va boşqa tomondan qöllaş ösdi. Bularning hammasi prezidentimizning sohaga alohida e’tibor qaratayotganidan. Lekin şu bilan birga, afsuski, tizimdagi öta qöpol kamçiliklar tufayli önlab bolalar hayotiga zomin böladigan holatlar guvohi böldik. Tizimdagi korrupsiya sababli dorini tegişli tartibda sertifikatsiya qilmaslik oqibatida 65 ta oila farzandidan judo böldi. Prezidentimizning özi buni tanqid qilib, har bir aloqador odam qonun oldida javob beradi, dedilar. Va bugun sud jarayonlari oçiq tarzda bölyapti, jazolanyapti. Lekin şu sud jarayonlarini, u yerdagi ota-onalarning ğam-qayğusini körib yiğladim, mening ham ikkita farzandim bor, öşalardan biri mening farzandim bölişi mumkin edi. Odamning vijdoni qiynalyaptiki, biz ham deputat sifatida nazoratni töğri qilmay, e’tiborni boşqa tomonga qaratganimiz uçun, tizimdagi şunday qöpol xatolar tufayli oramizda 65 ta bolakay endi yöq.
Tizim xodimlarining körsatmalaridan ma’lum bölyaptiki, ma’lumotlarni pastdan tepaga yetkazmaslik oqibatida bolalarni saqlab qoliş imkoni boy berilgan. Ming afsuski, vazirlik tomonidan bu işlar uçun siyosiy javobgarlik tan olinmadi. Jinoiy javobgarlik öz yöliga, lekin mas’uliyat nuqtai nazaridan yuqori mansabdorlarga javobgarlik körmayapmiz. Vazir tumanlarda preparatlar yetmasligi öşa tuman birinçi rahbariga boğliq, deb aytib ötdilar, siz uçun tumandagi rahbar, biz uçun tizimning birinçi rahbari javobgar. Töğri, öşa payt siz vazir emasdingiz, sizni ayblamoqçi emasman. Lekin şu bölib ötgan işdan qanday xulosa çiqardingiz? Bizga şunday xatolar takrorlanmasligiga va’da berolasizlarmi? Pastdagi kamçiliklarni yuqoriga yetkazmoqçi bölgan xodimlar jazolanmasligiga va’da berolasizlarmi? Ma’lumotlar öz vaqtida yetib kelib, öz vaqtida çora körilişiga va’da berolasizmi? Farzandlarimizning hayotini saqlab qolişga va’da berasizlarmi? Xulosa çiqarildimi yoki bu holat davom etaveradimi?” – deya vazirga savol bilan yuzlandi deputat.








