Namanganda bolalarning zaharlanişi holatiga ularga yod preparatining yuqori dozada berilgani sabab bölgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisidagi axborotida ma’lum qildi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning holati va istiqboli töğrisida”gi axboroti eşitildi. Vazir öz axborotida tibbiyot sohasida amalga oşirilgan işlar qatorida “Dok-1 Maks” hamda Namangandagi bolalarning zaharlaniş voqeasiga ham töxtalib ötgan.

“Yaqinda bölib ötgan Antistrumin voqeasini olaylik, vazirlik yuz foiz tan olyapti bu peredozirovka ekanligini. Bu holat bilan boğliq bölgan barça mas’ul xodimlar hozir qonun oldida javob berişni boşlayapti va albatta javob beradi ham.

Bundan bu yoğiga bunday kamçiliklarga yöl qöymaslikni şaxsan men vazir sifatida zimmamga olaman. Tizimda kamçilik va muammolar juda köp yiğilib qolgani uçun tizimli yondoşuvni boşlaganmiz”, deya ta’kidlagan Amrillo Inoyatov.

Antistrumin voyeqasi

20 sentabrdan Özbekistonda “Yorqin millat” dasturi böyiça bolalarni yod bilan ta’minlaş işlari boşlangandi. Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etilişi közda tutilgandi.

21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar berildi. Dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Söngra jami 71 nafar bolaning soğliğidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Keyinçalik Namanganda 450 nafar bola kasallangani ma’lum