Şamollaş mavsumi boşlanyapti – unga bolalarni qanday tayyorlaş va himoya qiliş kerak?
|17:17 / 15.11.202351 8027 min
Sovuq kunlar yaqinlaşişi bilan şamollaş va gripp mavsumi ham boşlanadi. Bu davrdan, ayniqsa, bolalarni kasal qilmasdan ötib oliş ota-onalarni taşvişlantirişi aniq. Kun.uz nega qişda gripp köpayişi, immunitetni yaxşilaş va kasallik yuqtirmaslik uçun qanday ehtiyot böliş hamda tumov yuqib qolsa, qiliş kerak bölgan çoralar haqida muhim ma’lumotlarni töpladi.
Qişda nega yuqumli kasalliklar avj oladi?
Viruslar sovuq va quruq havoda faollaşadi. Töğri, qiş faslida atmosferada namlik nisbatan yuqori böladi. Biroq xonalar isitilişi sababli havo quruqlaşadi. Bu esa infeksiyalarning avj olişi uçun qulay muhit.
Qolaversa, patogenlar toza havoni yoqtirmaydi. Ammo sovuq kunlarda eşik va derazalar ziç yopilib, xonalar havosi tez-tez almaştirilmaydi. Odamlar asosiy vaqtini issiq şaroitda, bir neça kişi yoki köpçilik bir joyda jamlanib ötkazadi. Viruslar esa yopiq bino-inşootlar, aholi gavjum joylarda tezroq tarqaladi.
Sovuq harorat yuqori nafas yöllaridagi tuğma immunitet hujayralari faoliyatiga salbiy ta’sir körsatadi. Öz navbatida, quruq havo infeksiyalar uçun tösiq bölgan şilliq qavatlar xususiyatlarini özgartiradi.
Bundan taşqari, kamharakatlilik ham organizmning kasalliklarga kuraşiş qobiliyatini susaytiradi. Oqibatda şamollaş va grippga çaliniş ehtimoli oşadi. Qiş mavsumida köpçilik asosiy vaqtini yopiq muhitda ötkazişi tufayli jismoniy faollikdan çeklanadi.
Bolalarni yuqumli kasalliklardan qanday himoya qiliş kerak?
Yuqumli kasalliklar, asosan, havo tomçilari orqali yuqadi. Şifokor Ra’no Musajonovaning aytişiça, yuqumli kasalliklarga köproq 3-15 yoşli bolalar köproq çalinadi. Kasallik oğir yoki yengil keçişi bolalarning immun tizimiga boğliq.
Bolalarni gripp yuqtirib qiynab qöymaslik uçun ularni ehtiyotlaş zarur. Qanday qilib?
Gigiyena qoidalariga amal qiliş lozim
Buning uçun bolalarga eng kerakli paytlarda qöllarini tozalab yuvişni örgatiş lozim. Qöllarni:
öyin öynab bölgaç;
Mavzuga oid
ovqatlanişdan oldin;
hojatxonadan çiqqaç;
qöl mikrob böladigan istalgan boşqa paytda yuvişga örgatiş kerak.
Tozalikka doimiy amal qiliş kasallik tarqalişi va bolalar kasal bölib qolişining oldini oladi. Şuningdek, bolalarga yötalgan va aksirganda oğiz va burunlarini qöl yoki tirsak bilan tösiş zarurligini ham örgatiş lozim.
Immunitetni oşiriş
Köpçilik ota-onalar immunitetni yaxşilaş deganda turli qöşimça vositalarni afzal köradi. Lekin ularning samarasi töla isbotlanmagan. Haqiqiy immunitet kuçaytirgiçlar qöşimça pul talab qilmaydi.
Immun tizimi yaxşi işlaşi uçun, avvalo, yaxşi va me’yorda uxlaş, meva sabzavotlarga boy ovqatlaniş ratsionini taşkil qiliş, doimiy jismoniy faollik, stresslardan uzoq böliş (bunisi ota-onalarga tegişli) kerak.
Bizning immun tizimimiz öziga xos, u genimiz, atrof-muhit, iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar va biz duç keladigan mikroblar ta’sirida yaraladi.
Bundan taşqari, toza havoda yetarliça bölişni unutmaslik lozim. Organizm yaxşi işlaşi uçun vitamin D zarur, qişda esa tanamiz quyoşdan oladigan vitamin D qisqarişi mumkin. Jismoniy maşqlar va vitamin D tanamizni soğlom saqlaşga yordam beradi.
Vaksina oliş
Vaksinalar ham grippdan himoya qiluvçi samarali vosita hisoblanadi. Lekin uni olişdan oldin bolani şifokor körigidan ötkaziş lozim.
Kasal yuqtirganda uyda qoliş
Agar bola gripp bölib qolsa, uning uyda bölişi eng töğri tanlov. Sababi agar maktabga yoki boğçaga borsa, öyingohda boşqa bolalar bilan öynasa, ularga ham virus yuqişi ehtimoli oşadi.
Qolaversa, uyda şamollaganlar bölganda ham bolalarni alohidalaş, tibbiy niqobdan foydalaniş kerak.
Agar bola şamollagan bölsa, nimalarni biliş kerak?
Şifokor Abdumannon Abduqayumov bergan ma’lumotga köra, Bolalarni bundan himoya qilişning yöli – ularni mavsumga qarab kiyintiriş kerak. Ularning ovqatlanişiga, ayniqsa nonuştasiga juda e’tiborli böliş kerak. Vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qiliş, gigiyenaga rioya qiliş va albatta sport bilan muntazam ravişda şuğullantirib, çiniqtiriş lozim.
Şamollaş mavsumida bolada şamollaş alomatlari kuzatilsa, uni 3 kungaça jamoat joylariga jönatmay turiş tavsiya etiladi. Çunki boşqalarga ham yuqtiriş ehtimoli katta böladi.
Agar bolada şamollaş alomatlari kuzatilayotgan bölsa, e’tiborli böliş lozim. Odam organizmida 3 kungaça isitma çiqişi normal holat hisoblanadi. 3-5 kun orasida tana harorati 38,5 daraja bölişi organizmning kasallik bilan kuraşayotganini bildiradi. Bu vaqtda bemorni heç qanday antibiotik yoki boşqa vositalar bilan davolaş tavsiya etilmaydi. Agar bemor salomatligi şu vaqt içida yaxşi tomonga özgarmasa, şifokorga murojaat qiliş kerak.
Bemorni alohidalaş, xona havosini vaqti-vaqti bilan tozalab turiş zarur.
Qaçon “Tez yordam” çaqiriş kerak?
Bolaga oz-ozdan, tez-tez suyuqlik içiriş tavsiya etiladi. Oddiy qaynagan suv yoki uyda tayyorlangan meva şarbatlari tomoqdagi yötal va oğriqni yumşatib, tanadan viruslarning tezroq çiqib ketişini ta’minlaydi. Burun va tomoqni tuzli suv bilan çayiş ham juda zarur muolaja usulidir.
Bola tana harorati 38,5 darajadan oşsa, ovqat yemay qöysa, kuçli hansiraş kuzatilsa, nafas qisişi alomatlari paydo bölsa, tinmay yoki köp uxlasa, darhol “Tez yordam”ga murojaat qiliş tavsiya etiladi.
Bemor bolaning qisqa muddatda soğayişi uçun ularni soğlom ovqatlantiriş kerak. Masalan, olti oygaça bölgan çaqaloqlar parvarişida ona suti juda muhim. Şu sababli bunday bolalarni istisnosiz tez-tez va köproq emiziş zarur. Olti oydan oşgan gödaklarni kökrak suti bilan birga, odatdagidek, qöşimça ovqatlar ham bersa böladi.
Kiçkintoylarga yoşiga mos, avval ham yeb örgangan hamda özi sevib iste’mol qiladigan, yumşoq pişirilgan, iştaha oçuvçi taomlar berilişi maqsadga muvofiq.
Bolani kasal paytida tez-tez, kam-kam taomlantiriş kerak. Soğaygaç esa unga odatdagidan ham köproq ovqat berişni taklif etamiz. Bu farzandlarimizning quvvatini tiklaşi uçun muhim.
Antibiotiklar umuman mumkin emas
Şamollaganda köpinça uy şaroitida davolanişga örganganmiz. Lekin bilib-bilmasdan turib bolaga turli antibiotiklar beriş yoki inʼeksiyalar qiliş umuman notöğri. Ba’zi şifokorlar ham şunday vaziyatda antibiotik qabul qilişni buyurişadi. Bu davolaş çorasi notöğri. Har bir ota-ona öz farzandi salomatligi uçun mas’ul va kasal bölganda bola qabul qiladigan har qanday dori yoki ukolga jiddiy qaraşi kerak. Şamollaş 99 foiz holatlarda viruslar orqali kelib çiqadi. Gripp yoki mavsumiy virusli kasalliklarda antibiotiklar umuman mumkin emas, tavsiya etilmaydi.
Eslatma: 3 yoşgaça gödaklar yiliga 4 martadan köp, 3 yoşdan yuqori bolalar esa yiliga 6 martadan ortiq respirator kasalliklar, ya’ni ÖRVI, gripp, bronxit bilan xastalansa, ular tez-tez şamollovçi bolalar guruhiga kiradi.
Bunday kiçkintoylar doimiy ravişda şifokor nazoratida bölişi va mutaxassis tavsiyasi asosida kerakli muolajalarni olişi zarur.